Markaziy bank asosiy foiz stavkani 0,5 bandga oshirib, 14% darajasiga ko‘tardi

Regulyator, xususan, bu bilan yil yakunida inflyatsiya 7-8% gacha pasayishini ma’lum qilgan

Markaziy bank asosiy foiz stavkani 0,5 bandga oshirib, 14% darajasiga ko‘tardi

Markaziy bank boshqaruvi o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida asosiy stavkani 0,5% bandga oshirib, yillik 14% darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi

Bunga sabab sifatida inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror o‘sib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi keltirilgan. 

2025-yil boshidan umumiy inflyatsiya darajasida biroz o‘sish kuzatilib, fevral oyi yakunlari bo‘yicha yillik 10,1% ni tashkil etdi.

Ushbu dinamika ayrim tovar va xizmatlar narxlarining o‘sishi hisobiga yuzaga keldi. Xususan, yoqilg‘i narxlari, kommunal, transport, ta’lim va tibbiy xizmatlar tariflari oshishi inflyatsion kutilmalarga ham oshiruvchi ta’sir ko‘rsatdi va fevral oyida aholining inflyatsion kutilmalari 15,35% ga, tadbirkorlik subyektlarining kutilmalari esa 13,8% ga teng bo‘ldi.

Qayd etilishicha, pul-kredit sharoitlarining qat’iylashtirilishi, umumiy talabni muvozanatli shakllanishiga va narxlar oshishini kamaytirishga yordam beradi. Bu, kelgusi choraklarda inflyatsiyaning sekinlashishiga va yil yakuni bo‘yicha inflyatsiyaning 7-8% gacha pasayishiga olib keladi.

Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha keyingi yig‘ilish 2025-yil 24-aprel kuniga belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi
/
Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi
Shuhratbek Qurbonov Markaziy bank tizimidagi “Simple Smart Systems” kompaniyasiga rahbar bo‘ldi
/
Shuhratbek Qurbonov Markaziy bank tizimidagi “Simple Smart Systems” kompaniyasiga rahbar bo‘ldi
O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi
/
O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi