O‘zbekistonda arxitektorlar uchun kreativ parklar tashkil etiladi

Rezidentlarga soliq imtiyozlari beriladi, Toshkentda yangi ixtisoslashgan universitet ochiladi

O‘zbekistonda arxitektorlar uchun kreativ parklar tashkil etiladi

O‘zbekistonda arxitektorlar va urbanistlar uchun maxsus kreativ parklar tashkil etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Dastlabki kreativ park Toshkent shahrida barpo etiladi, keyinchalik bunday maydonlar boshqa hududlarda ham tashkil qilinadi. Ushbu hududlar rezidentlari uchun soliq va boshqa imtiyozlar joriy etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish maqsadida 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkentda urbanizatsiya, geodeziya va kadastr yo‘nalishlariga ixtisoslashgan yangi universitet faoliyat boshlaydi. Ta’lim muassasasi o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida ishlaydi va uning huzurida texnikum ham tashkil etiladi.

Yig‘ilishda umumiy qiymati $20 mlrdga teng yirik infratuzilma loyihalarida mahalliy pudratchilar ishtirokini kengaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Hozirda ular ko‘pincha subpudratchi sifatida qatnashayotgani qayd etildi.

Mazkur muammoni hal etish uchun mahalliy mutaxassislarni xalqaro tenderlarda ishtirok etish qoidalariga o‘rgatish, shuningdek, qurilish kompaniyalarini qo‘shni davlatlar bozorlariga bosh pudratchi sifatida chiqishini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi yana pasayishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana pasayishni boshladi
BlackRock va Franklin Resources UzNIF qimmatli qog‘ozlariga $300 mln sarmoya kiritishi mumkin
/
BlackRock va Franklin Resources UzNIF qimmatli qog‘ozlariga $300 mln sarmoya kiritishi mumkin
Buxoroda Leapmotor bilan elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Buxoroda Leapmotor bilan elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi