AQSH vizani tezlashtirish uchun $750 lik yangi xizmatni joriy etadi

Yangi premium xizmat biznes va turistik vizalar uchun suhbat muddatini 10 kun ichida belgilash imkonini beradi, biroq viza berilishi kafolatlanmaydi

AQSH vizani tezlashtirish uchun $750 lik yangi xizmatni joriy etadi

AQSH Davlat departamenti xorijliklar uchun biznes va turistik vizalarni rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirishga qaratilgan yangi premium xizmatni sinov tariqasida ishga tushirmoqda.

Unga ko‘ra, ariza beruvchilar amaldagi konsullik yig‘imidan tashqari qo‘shimcha $750 to‘lab, viza suhbati sanasini tezroq olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, pilot dastur 2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha amal qiladi. Premium xizmatdan foydalanuvchilar tanlab olingan AQSH elchixonalari va konsulliklarida to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida suhbat vaqtini belgilashi mumkin bo‘ladi.

Hozirda AQSHning biznes va turistik vizalari uchun majburiy konsullik yig‘imi $185 ni tashkil etadi. Yangi xizmat esa ariza topshirish xarajatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Davlat departamenti premium xizmat faqat suhbat muddatini tezlashtirishini, biroq viza berilishi kafolatlanmasligini alohida ta’kidlagan.

Tezlashtirilgan xizmat ko‘rsatiladigan elchixona va konsulliklar ro‘yxati 1-iyulga qadar e’lon qilinishi kutilmoqda. Dastur dastlab sinov tariqasida joriy etiladi va talab yuqori bo‘lsa, uning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qirg‘iziston va Tojikistonda Apple Pay ishga tushirildi
/
Qirg‘iziston va Tojikistonda Apple Pay ishga tushirildi
Qoraqalpog‘istondagi kripto-kompaniyalar 2035-yilgacha oylik yig‘imlardan ozod etildi
/
Qoraqalpog‘istondagi kripto-kompaniyalar 2035-yilgacha oylik yig‘imlardan ozod etildi
HET rahbari: O‘zbekiston energetika infratuzilmasi “noldan” qayta quriladi
/
HET rahbari: O‘zbekiston energetika infratuzilmasi “noldan” qayta quriladi