O‘zbekiston va AQSh $12 mlrdlik loyihalar bo‘yicha 54 ta kelishuv imzoladi

Kelishuvlar sanoat, energetika, transport, tog‘-kon sanoati, moliya va raqamli texnologiyalar kabi sohalardagi hamkorlikni qamrab oladi

O‘zbekiston va AQSh $12 mlrdlik loyihalar bo‘yicha 54 ta kelishuv imzoladi

19-oktabr kuni Samarqandda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida savdo, investitsiyalar va texnologik hamkorlik sohalarida $12 mlrdlik loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi 54 ta kelishuv imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar bermoqda.

Kelishuvlar sanoatni modernizatsiya qilish, transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirish, muhim minerallarni o‘zlashtirish, moliya, raqamli texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini qamrab oladi.

Xususan, GE Aerospace bilan Uzbekistan Airways samolyotlari uchun dvigatellar yetkazib berish, Wabtec bilan esa temiryo‘l texnikasi va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Moliya sohasida Franklin Templeton, Oppenheimer & Co., Citigroup va BlackRock bilan hamkorlik hujjatlari imzolandi. Ular kapital jalb qilish hamda O‘zbekiston kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Tog‘-kon sanoatida ReElement Technologies, Traxys va Trafigura bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan. Amazon Leo, GE HealthCare va Valmont Industries bilan bog‘liq tashabbuslar esa sun’iy yo‘ldosh aloqasi, tibbiyot texnologiyalari va qishloq xo‘jaligini qamrab oladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi VEON’ning Perfectum’ni sotib olishini ma’qulladi
/
Raqobat qo‘mitasi VEON’ning Perfectum’ni sotib olishini ma’qulladi
O‘zbekistonda yo‘lovchilar uchun bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish soddalashtirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda yo‘lovchilar uchun bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish soddalashtirilishi mumkin
Moskvada ishbilarmonlik turizmi bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkaziladi
/
Moskvada ishbilarmonlik turizmi bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkaziladi