O‘zbekistonda Apple Pay va PayPal uchun ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yangilandi

Endilikda ayrim shaxsiy ma’lumotlarni xorijiy serverlarda saqlashga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda Apple Pay va PayPal uchun ma’lumotlarni qayta ishlash talablari yangilandi

O‘zbekistonda “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar asosida fuqarolar ma’lumotlarini qayta ishlash tartibi yangilandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi normalarga ko‘ra, biometrik va genetik ma’lumotlar, shuningdek, milliy telekommunikatsiya operatorlari foydalanuvchilariga oid ma’lumotlar majburiy ravishda mamlakat hududida saqlanishi shart.

Biroq boshqa turdagi shaxsiy ma’lumotlarni ma’lum shartlar asosida xorijiy serverlarda joylashtirishga ruxsat beriladi. Buning uchun ma’lumot saqlanadigan davlat xavfsiz deb tan olinishi, operatorlarda tasdiqlangan ichki qoidalar mavjud bo‘lishi yoki xalqaro standartlarga muvofiqlik ta’minlanishi kerak.

Mazkur o‘zgartirishlar prezident tomonidan 26-mart kuni tasdiqlandi. Qonun loyihasi avvalroq parlamentning quyi va yuqori palatalari tomonidan qabul qilingan edi.

Yangilangan tartib Apple Pay, Google Pay va PayPal kabi xalqaro to‘lov tizimlarining O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritishini yengillashtirishga qaratilgan. Avval barcha ma’lumotlarni faqat mamlakat ichida saqlash talabi xorijiy kompaniyalar faoliyatiga to‘siq bo‘lib kelayotgan edi.

Shuningdek, yangi normalar frilanserlar uchun ham qulaylik yaratadi — Upwork va Fiverr kabi platformalarda ishlovchilar xalqaro to‘lov xizmatlaridan to‘liq foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2027-yil 1-iyuldan energiya tariflarini hisoblash uchun yangi platforma ishga tushiriladi
/
2027-yil 1-iyuldan energiya tariflarini hisoblash uchun yangi platforma ishga tushiriladi
Andijonda 1 ming gektar maydonga $7 mlrd investitsiya jalb qilish vazifasi qo‘yildi
/
Andijonda 1 ming gektar maydonga $7 mlrd investitsiya jalb qilish vazifasi qo‘yildi
Prezident Andijonda gastronomik ko‘cha va yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi
/
Prezident Andijonda gastronomik ko‘cha va yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi