10.9.2025 | 13:32
Apple aksiyalari iPhone 17 taqdimotidan so‘ng pasaydi
Bir kunda qimmatli qog‘ozlar narxi qariyb 1,5% ga kamayib, $234,35 ga tushdi
- Apple’ning yangi iPhone liniyasi taqdimotidan keyin kompaniya aksiyalari tushib ketdi. NASDAQ birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 9-sentabr kuni qimmatli qog‘ozlar narxi qariyb 1,5% ga kamayib, $234,35 ga tushdi.
Kun davomida texnologik gigant aksiyalari eng yuqori $238,78 darajasida savdoga qo‘yilgan edi.
Apple seshanba kuni, 9-sentabrda, iPhone’ning 17-liniyasini taqdim etdi. Yangi qatorga iPhone Air ham kiritildi. Kompaniya fikricha, bu qurilma quvvati jihatidan MacBook Pro bilan tenglashadi.
Narxlar esa quyidagicha belgilangan:
- iPhone 17 – $799 dan boshlanadi;
- iPhone 17 Air – $999 dan boshlanadi.
Bundan tashqari, Apple yangilangan Bluetooth quloqchinlari va aqlli soatlarini ham namoyish qildi. Oldindan buyurtmalar 12-sentabrda ochiladi, savdolar esa 19-sentabrda boshlanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ