APEX BANK Dibank orqali 1C va Didoks bilan integratsiyani yakunladi

Dibank xizmati bank operatsiyalarini internet-bankingga kirmasdan, bevosita buxgalteriya dasturlari orqali amalga oshirish imkonini beradi

APEX BANK Dibank orqali 1C va Didoks bilan integratsiyani yakunladi

APEX BANK biznes uchun ko’rsatiladigan raqamli xizmatlarni rivojlantirishni davom ettirib, 1C va Didox buxgalteriya tizimlari orqali bank bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkonini beruvchi zamonaviy yechim — Dibank bilan integratsiya jarayoni yakunlanganini e’lon qiladi.

Dibank xizmati buxgalterlar va moliyachilar ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, bank operatsiyalarini internet-bankingga kirmasdan, bevosita buxgalteriya dasturlari orqali amalga oshirish imkonini beradi. Xususan, “1C:Buxgalteriya” yoki Didox dasturlarida tayyorlangan chiquvchi to‘lov hujjatlari avtomatik ravishda bankka yuboriladi, kiruvchi to‘lovlar hamda hisobvaraqlardan yechilgan mablag‘lar esa real vaqt rejimida tizimda aks etadi.

Dibank xizmatidan foydalanishni boshlash uchun foydalanuvchi hisob qaydnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga zarur hisobvaraqlarni biriktirish kifoya. Bu jarayonni bevosita 1C dasturi orqali amalga oshirish mumkin. Xuddi shunday imkoniyatlar Didox.uz — elektron hujjat aylanishi xizmati foydalanuvchilari uchun ham taqdim etiladi.

Dibank xizmati ko‘p funksiyali va foydalanishga qulay yechim hisoblanadi. U qo‘shimcha dasturlar o‘rnatishni talab qilmaydi, hujjatlarni oraliq fayllarga yuklash zaruratini bartaraf etadi hamda ma’lumotlarning yuqori darajada himoyalanishini ta’minlaydi. Barcha to‘lov topshiriqnomalari birgina tugmani bosish orqali shakllantiriladi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi va bankka yuboriladi. To‘lovlar holati hamda bank ko‘chirmalari esa tizimdan chiqmasdan onlayn tarzda shakllanadi.

Dibank imkoniyatlari:

  • bank ko‘chirmalarini tezkor yuklash;
  • xodimlarning shaxsiy hisobvaraqlarini kiritish;
  • hisobvaraqlardagi qoldiqlar ustidan nazoratni ta’minlash;
  • to‘lov topshiriqlarini tizimning o‘zidan yuborish;
  • ish haqi qaydnomalarini tayyorlash va jo‘natish.

Dibank xizmatining ishga tushirilishi APEX BANK tomonidan mijozlar buxgalteriyasini avtomatlashtirish va biznes uchun qulay raqamli muhit yaratish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir. Bank moliyaviy jarayonlarni soddalashtiruvchi hamda mijozlarga o‘z biznesini rivojlantirishga ko‘proq e’tibor qaratish imkonini beruvchi zamonaviy yechimlarni joriy etishda davom etmoqda.

Telefon: 1881
Sayt: apexbank.uz
Instagram: @apexbank.uz
Linkedin: APEX BANK

Reklama huquqi asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi