Anadolu Isuzu Samarqand avtomobil zavodining 75,2% lik ulushini sotib oldi

Turkiyalik investor $80 mln evaziga davlat ulushini xarid qilib, qo‘shimcha $80 mln investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda

Anadolu Isuzu Samarqand avtomobil zavodining 75,2% lik ulushini sotib oldi

Turkiyaning “Anadolu Isuzu” avtomobilsozlik kompaniyasi — “Anadolu Group” tarkibidagi sho‘ba korxona “ Samarqand avtomobil zavodi” ustav kapitalidagi 75,2% davlat ulushini $80 mlnga sotib olishga kelishuvga erishdi, deya ma’lum qildi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Davaktiv).

Xususiylashtirish jarayonida Davaktiv moliyaviy maslahatchi sifatida “KPMG”, huquqiy maslahatchi sifatida esa “Dentons” xalqaro kompaniyalarini jalb qildi. Investor faoliyati moliyaviy, soliq va huquqiy jihatlari bo‘yicha keng qamrovli tahlillar o‘tkazilib, muzokaralar yakunida “Anadolu Isuzu”ning $80 mlnlik xarid narxi va yana $80 mlnlik investitsiya rejasini o‘z ichiga olgan taklifi ma’qullandi.

Investitsiya majburiyati doirasida O‘zbekistonda katta sig‘imli (12−18 metrli) avtobuslar va elektrobuslar ishlab chiqarish, mamlakat bo‘ylab litsenziyalangan servis markazlarini tashkil etish hamda avtobuslarni Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz, Yaqin Sharq va Afrikaga eksport qilish ko‘zda tutilgan. Bu tashabbus O‘zbekistonda mintaqaviy transport xabini shakllantirishga xizmat qiladi, — deyiladi rasmiy xabarda.

Davaktivga ko‘ra, investor taklif qilgan narx “KPMG” tomonidan belgilangan oraliqqa to‘g‘ri keladi va “PwC” xalqaro kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan baholash natijalari bilan mos keladi.

Xususiylashtirish jarayoni Xususiylashtirish va davlat aktivlarini xususiylashtirishni muvofiqlashtirish davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan. Shu bilan birga, bitimni yakunlash uchun Turkiyaning tartibga soluvchi organlari tomonidan ruxsat berilishi talab etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
/
Yaponiya O‘zbekistondan gaz, neft va minerallar importini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
/
Toshkent aeroportidagi avtoturargohlarni ijaraga berish boshlandi
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
/
O‘zbekiston GIZ bilan 9 mln yevrolik grant jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi