“Artel” kompaniya direktori AloqaBank Kuzatuv kengashi a’zosiga aylandi

Shuningdek, kengashni “Uztelecom” rahbari tark etgan

“Artel” kompaniya direktori AloqaBank Kuzatuv kengashi a’zosiga aylandi

“Uztelecom” kompaniyasi bosh direktori Nazirjon Hasanovning bank Kuzatuv kengashi a’zosi sifatidagi vakolatlari muddatidan oldin tugatildi.

Uning o‘rniga “Artel Engineering and Management” MChJ bosh direktori Shohrux Ro‘ziqulov bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib uch yil muddatga saylandi.

Shuningdek, yana to‘rt nafar Kuzatuv kengashi a’zosining vakolatlari muddatidan avval tugatildi va ularning o‘rniga mustaqil a’zolar tayinlandi.

Ma’lumot uchun, “Artel” kompaniyasi (rasmiy nomi — “Artel Electronics” MChJ) saytida Dilmurod G‘oipov kompaniya boshqaruv raisi sifatida ko‘rsatilgan. Shohrux Ro‘ziqulov esa “Artel Engineering and Management” MChJning bosh direktori hisoblanadi.

Mazkur kompaniyaning yagona ta’sischisi sifatida Qobil Toshmuhamedov qayd etilgan. U “Artel” kompaniyasi bosh direktori Dilmurod G‘oipovning birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.

Bundan tashqari, Qobil Toshmuhamedov “Way II Smart Energy” va shunga o‘xshash yana to‘rtta kompaniyaning ta’sischisi sifatida ham ro‘yxatdan o‘tgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi