O‘zbekiston Albaniya porti orqali Janubiy Yevropaga eksportni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish maqsadida hukumatlararo komissiya tashkil etishga kelishib oldi

O‘zbekiston Albaniya porti orqali Janubiy Yevropaga eksportni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev Albaniya prezidenti Bayram Begay bilan hamkorlik tarixidagi ilk muzokaralarni o‘tkazib, mahalliy mahsulotlarni xorijiy bozorga yetkazib berishda transport-logistika infratuzilmasidan foydalanish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bolqon davlati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlarining ilk sammiti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi iqtisodiy va savdo hamkorligini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Xususan, O‘zbekiston O‘rta yer dengizi mintaqasi bozorlariga mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda Albaniyaning Durres shahri logistika salohiyatidan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Shuningdek, muzokaralarda o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi, raqamlashtirish, turizm, geologiya va qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohalarida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Investitsiyaviy hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish maqsadida davlat rahbarlari qo‘shma hukumatlararo ishchi komissiya tuzishga qaror qildi. Uning birinchi yig‘ilishi joriy yil yakuniga qadar Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bayram Begayning O‘zbekistondagi ishchi tashrifi 17-iyunga qadar davom etadi. U, shuningdek, Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi Yangi Toshkentning qurilish ishlarida ishtirok etishi mumkin
/
Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi Yangi Toshkentning qurilish ishlarida ishtirok etishi mumkin
O‘zbekiston Xitoydan benzin va dizel yoqilg‘isi import qilishi mumkin
/
O‘zbekiston Xitoydan benzin va dizel yoqilg‘isi import qilishi mumkin
Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari o‘rtasida ID-karta orqali safar qilishni taklif qildi
/
Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari o‘rtasida ID-karta orqali safar qilishni taklif qildi