Afg’oniston va O’zbekiston kompaniyalari $44 mlnlik eksport shartnomalarini imzoladilar

Shuningdek, tomonlar O'zbekiston-Afg'oniston biznes kengashini tuzishga kelishib oldilar

Afg’oniston va O’zbekiston kompaniyalari $44 mlnlik eksport shartnomalarini imzoladilar

Afg’oniston ishbilarmon doiralari delegatsiyasi o’zbek korxonalari bilan $44 mlnlik eksport shartnomalari tuzdi. Bu haqda savdo-sanoat palatasi xabar bermoqda.

Qishloq xo’jaligi tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, to’qimachilik, charm, elektrotexnika buyumlari va qurilish materiallari talab qilinadigan $7 mlrdlik import hajmini hisobga olgan holda, bu O’zbekistonga bozorda istiqbollarni taqdim etadi.

Shuningdek, tomonlar hamkorlikni rag’batlantirish, yangi hamkorlik platformalarini yaratish va O’zbekistondan Afg’onistonga mahsulot eksportini ko’paytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun Afg’onistonning 18 ta yetakchi kompaniyalarini birlashtirgan O’zbekiston-Afg’oniston biznes kengashini tashkil etishga kelishib oldilar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi
/
Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi
Prezident yil oxirigacha 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasini topshirdi
/
Prezident yil oxirigacha 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasini topshirdi
O‘zbekistonda kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lgan ehtiyojmandlarni moliyalashtirish yondashuvi o‘zgartiriladi
/
O‘zbekistonda kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lgan ehtiyojmandlarni moliyalashtirish yondashuvi o‘zgartiriladi