Kengashning tashkil etilishi sheriklik istiqbollariga keng yo‘l ochmoqda — Mirziyoyeva

PA rahbari qayd etishicha, ndilikda asosiy vazifa erishilgan kelishuvlarni amaliy natijalarga aylantirishdan iborat

Kengashning tashkil etilishi sheriklik istiqbollariga keng yo‘l ochmoqda — Mirziyoyeva

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Yig‘ilishda 100 dan ortiq kompaniya vakillari bilan sarmoya kiritish, biznesni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, kengashning tashkil etilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Mazkur Kengashning tashkil etilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklik istiqbollariga keng yo‘l ochmoqda. Bu yuksak ishonch uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildiraman, deb yozadi adminsratsiya rahbari.

Shuningdek, u kengash tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlagani, O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi uchun Marko Rubio, uning rafiqasi Janett Rubio hamda Serjio Gorga alohida rahmat aytgan.

Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, endilikda asosiy vazifa erishilgan kelishuvlarni amaliy natijalarga — investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirishdan iborat.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Navoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadlari deklaratsiyasini topshirish tartibi sinovdan o‘tkaziladi
/
Navoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadlari deklaratsiyasini topshirish tartibi sinovdan o‘tkaziladi
Prezident O‘zbekiston va AQSHning 2035-yilgacha hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi
/
Prezident O‘zbekiston va AQSHning 2035-yilgacha hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi VEON’ning Perfectum’ni sotib olishini ma’qulladi
/
Raqobat qo‘mitasi VEON’ning Perfectum’ni sotib olishini ma’qulladi