Navoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadlari deklaratsiyasini topshirish tartibi sinovdan o‘tkaziladi

18 yoshga to‘lgan fuqarolar 2026–2027-yillarda olgan daromadlari va ayrim xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim etadi

Navoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadlari deklaratsiyasini topshirish tartibi sinovdan o‘tkaziladi

Navoiy va Chirchiq shaharlarida jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirish tartibi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Bu Hukumatning 2026-yil 19-oktabrdagi qarorida belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, deklaratsiya 2026–2027-yillarda olingan daromadlar bo‘yicha Soliq qo‘mitasining Elektron soliq xizmatlari portali yoki “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqaroning doimiy yashash joyidagi soliq organiga yuboriladi.

Tajriba ushbu shaharlarda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan 18 yoshga to‘lgan fuqarolar va soliq organlari xodimlariga tatbiq etiladi. Hisobot yilida soliq organiga ishga kirganiga va ro‘yxatga olinganiga olti oy to‘lmagan xodimlar bundan mustasno.

Deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-apreligacha topshirilishi lozim. Soliq organlari belgilangan muddatdan kamida bir oy oldin fuqarolarga bu haqda xabarnoma yuboradi.

Deklaratsiyada ish haqi, mulkiy daromadlar, moddiy naf va boshqa daromadlar, shuningdek, ko‘chmas va ko‘char mulk, soliqlar, kommunal xizmatlar hamda kreditlar bilan bog‘liq xarajatlar aks ettiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga oid xarajatlari hisobga olinmaydi.

Xarajatlar haqidagi ma’lumotlar davlat organlari bazalari, “Soliq” ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal cheklar va elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantiriladi. Ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan hollarda fuqaro ularni ilova orqali mustaqil ravishda qo‘shishi mumkin.

Deklaratsiyada xatolar aniqlansa, fuqaro aniqlashtirilgan hisobot taqdim etish huquqiga ega. Unda ham xatolar qolsa, fuqaroning murojaati asosida deklaratsiya rad etilishi va uni uch yil ichida qayta topshirish imkoniyati beriladi.

Qarorga muvofiq, Soliq kodeksining 393-moddasida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, aniqlashtirilgan soliq bazasi bo‘yicha qo‘shimcha soliq hisoblanmaydi va huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bir oyda jarimaning yarmini to‘lagan tadbirkorlar qolgan qismidan ozod qilinishi mumkin
/
Bir oyda jarimaning yarmini to‘lagan tadbirkorlar qolgan qismidan ozod qilinishi mumkin
Kengashning tashkil etilishi sheriklik istiqbollariga keng yo‘l ochmoqda — Mirziyoyeva
/
Kengashning tashkil etilishi sheriklik istiqbollariga keng yo‘l ochmoqda — Mirziyoyeva
Prezident O‘zbekiston va AQSHning 2035-yilgacha hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi
/
Prezident O‘zbekiston va AQSHning 2035-yilgacha hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi