Bir oyda jarimaning yarmini to‘lagan tadbirkorlar qolgan qismidan ozod qilinishi mumkin

Bunda jarimaning qolgan yarmini olti oy davomida boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ham berilishi mumkin

Bir oyda jarimaning yarmini to‘lagan tadbirkorlar qolgan qismidan ozod qilinishi mumkin

Bugun, 20-oktyabr kuni parlamentda “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun 11-1-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritishga oid qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Yangi hujjat asosida biznes subyektlariga jarimalar boʻyicha qator yengilliklar berilishi belgilanmoqda. Xususan, tadbirkor sud qarori chiqqan kundan boshlab bir oy ichida jarimaning 50 foizini ixtiyoriy toʻlasa, qolgan qismini toʻlashdan ozod etiladi. Yoki boʻlmasa, jarimaning qolgan yarmini olti oy davomida boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratiladi.

Moddada moliyaviy jarima solish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilganda, jarima summasini qisqa muddatlarda qaytarish koʻzda tutilmoqda. Agar pulni qaytarish kechiktirilsa, Markaziy bank asosiy stavkasining 300 dan biriga teng miqdorda foiz toʻlash tartibi joriy etiladi.

Moliyaviy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlar bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilganda, qonunga xilof ravishda undirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida va toʻliq qaytarish orqali tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish nazarda tutilmoqda, deyiladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabarida.

Shu bilan birga, moliyaviy javobgarlikni qoʻllash tartibini yanada yengillashtirish belgilanmoqda. Bu tadbirkorlarni asossiz yoki ortiqcha moliyaviy jazolardan himoya qilishga imkon berishi kutilyapti.

Qonun loyihasi deputatlar uchinchi oʻqishda qabul qilinib, Senatga yuborilgani qayd etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Navoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadlari deklaratsiyasini topshirish tartibi sinovdan o‘tkaziladi
/
Navoiy va Chirchiqda fuqarolar daromadlari deklaratsiyasini topshirish tartibi sinovdan o‘tkaziladi
Kengashning tashkil etilishi sheriklik istiqbollariga keng yo‘l ochmoqda — Mirziyoyeva
/
Kengashning tashkil etilishi sheriklik istiqbollariga keng yo‘l ochmoqda — Mirziyoyeva
Prezident O‘zbekiston va AQSHning 2035-yilgacha hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi
/
Prezident O‘zbekiston va AQSHning 2035-yilgacha hamkorlik dasturini ishlab chiqishni taklif qildi