“O‘zatom” 23-dekabr kuni Jizzaxda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasini o‘tkazadi

Ishtirokchilarga stansiya ko‘rsatkichlari taqdim etiladi va loyiha yuzasidan fikr-mulohazalar qabul qilinadi

“O‘zatom” 23-dekabr kuni Jizzaxda atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha jamoatchilik muhokamasini o‘tkazadi

Jizzaxda AES qurilishi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari 23-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Atom energiyasi agentligi (“O‘zatom”) matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jamoatchilik eshituvlari 23-dekabr kuni 11:00 da Jizzax viloyati, Forish tumani, Bog‘don aholi punkti, 30-son Madaniyat markazida o‘tkaziladi.

Agentlik jamoatchilik vakillarini va barcha manfaatdor tomonlarni jamoatchilik eshituvlarida faol ishtirok etishga taklif qilmoqda. Shuningdek, loyiha bo‘yicha takliflarni info@uzatom.uz va direksiyaaes@uzatom.uz elektron pochta manzillariga yuborish mumkin.

AESning umumiy quvvati 2110 MVt bo‘lib, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 16−17 mlrd kVt·soatga teng. O‘zbekistonning energiya balansidagi ulushi esa 12−15% ni tashkil qiladi. AESning ekspluatatsiya muddati 60 yil.

Eslatib o‘tamiz, 9-oktabr kuni O‘zbekistonda kichik AESning reaktori uchun kotlovan qazish ishlari boshlandi — loyiha qurilish bosqichiga o‘tdi. Energiya bloklarini ishga tushirish 2029−2035-yillarga mo‘ljallangan. Kichik va yirik AESlarni bir vaqtning o‘zida joylashtirish natijasida “MVt·s nuqtai nazaridan eng tejamkor variant” kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi