O‘zbekistonda abonent roziligisiz reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlar taqiqlanadi

Mobil aloqa operatorlari foydalanuvchi talabi bilan spam qo‘ng‘iroq va xabarlarni bloklashi shart bo‘ladi

O‘zbekistonda abonent roziligisiz reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlar taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekistonda mobil aloqa orqali tijorat takliflarini tarqatishning yangi tartibi kuchga kiradi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, reklama mazmunidagi SMS-xabarlar yuborish hamda mahsulot yoki xizmatlarni taklif qiluvchi telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish faqat abonentning yozma yoki elektron roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda mumkin bo‘ladi.

Ommaviy SMS-xabarlar va avtomatik qo‘ng‘iroqlar xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘zlarining axborot tizimlarini shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart bo‘ladi.

Bundan tashqari, 2026-yil noyabr oyidan tijorat takliflarini telefon orqali tarqatish uchun vaqt cheklovi joriy etiladi. Reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini soat 18:00 dan 09:00 gacha yuborish taqiqlanadi.

Shuningdek, mobil aloqa abonentlari o‘z operatoridan reklama xabarlari va spam qo‘ng‘iroqlarni qisman yoki to‘liq bloklashni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Mazkur talablarni bajarmagan kompaniyalar reklama va shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab fuqarolar ism, familiya yoki tug‘ilgan sanasini o‘zgartirgan taqdirda, ularning shaxsiy ma’lumotlari davlat organlarining axborot tizimlari integratsiyasi orqali avtomatik ravishda yangilanadi. Shuningdek, voyaga yetmagan fuqarolar o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida sudga shaxsan da’vo arizasi bilan murojaat qilganda davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi Perfectumning 50% lik ulushini sotib olish haqidagi bitimga rozilik berdi
/
Raqobat qo‘mitasi Perfectumning 50% lik ulushini sotib olish haqidagi bitimga rozilik berdi
O‘zbekiston va Belarus hududlari o‘rtasida $100 mlndan ortiq 30 ta loyiha amalga oshiriladi
/
O‘zbekiston va Belarus hududlari o‘rtasida $100 mlndan ortiq 30 ta loyiha amalga oshiriladi
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga pensiya badallarini to‘lash majburiyati yuklanishi mumkin
/
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga pensiya badallarini to‘lash majburiyati yuklanishi mumkin