Yetti oyda gaz importi eksportdan qariyb 4 baravar oshdi

Yanvar–iyul oylarida tabiiy gaz importi $1,1 mlrdni, gaz eksporti esa $279,7 mlnni tashkil etdi

Yetti oyda gaz importi eksportdan qariyb 4 baravar oshdi

2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston tabiiy gaz importiga eksportdan qariyb to‘rt baravar ko‘p mablag‘ sarfladi. Yetti oy davomida Rossiya va Turkmanistondan mamlakatga $1,1 mlrdlik tabiiy gaz import qilingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Gaz importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,2% ga oshgan. Import tarkibida $105,4 mlnlik suyultirilgan gaz, jumladan propan ham bo‘lgan. Ushbu mahsulot importi bir yil ichida 3,6 baravarga ko‘paygan.

Oylar kesimida gaz importi sezilarli darajada o‘zgarib turgan. Yanvar oyida import qiymati $167,6 mlnni tashkil etgan bo‘lsa, fevralda $34,6 mln gacha tushgan.

Mart oyida ko‘rsatkich $158,3 mln, aprelda $147,8 mln, mayda $216,4 mln bo‘lgan. Iyun oyida esa gaz importi yil boshidan beri eng yuqori darajaga chiqib, $247 mlnni tashkil etgan. Iyulda import keskin kamayib, $38,3 mlnga tushgan.

Gaz eksporti qisqardi

O‘zbekistonning gaz eksporti aksincha kamaygan. Yanvar–iyul oylarida mamlakat $279,7 mlnlik tabiiy gaz eksport qilgan bo‘lib, bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 36,2% ga kam.

Yanvar oyida gaz eksporti amalga oshirilmagan. Eksport fevral oyida $7,1 mlnlik hajm bilan qayta boshlangan.

Mart oyida eksport hajmi fevralga nisbatan besh baravardan ko‘proqqa oshib, $29,4 mlnni tashkil etgan. Aprelda esa yana qariyb uch baravar o‘sib, $92,7 mlnga yetgan.

Shundan keyin eksport hajmi pasaygan. May oyida $73,5 mln, iyunda $30 mlnlik gaz eksport qilingan. Iyulda esa ko‘rsatkich $46,8 mlngacha oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston iyul oyida $1,3 mlrdlik oltin eksport qildi
/
O‘zbekiston iyul oyida $1,3 mlrdlik oltin eksport qildi
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
/
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
/
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi