Centrum ta’sischisi, shuningdek, Uzum va Yandex Uzbekistan bosh direktorlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Tadbirkorlar kuni munosabati bilan 66 nafar tadbirkor davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan 66 nafarini mukofotladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Farmon bilan, tadbirkorlar orasida jamoatchilikka tanish bo‘lgan bir qator shaxslar ham davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jumladan, “My Freighter” va “Centrum Air” xususiy aviakompaniyalari ta’sischisi Abdulaziz Abduraxmanov “Do‘stlik” ordeni bilan, “MrOtabekTV” sahifasi asoschisi, bloger Otabek Maxkamov “Mardlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Shuningdek, “Shuhrat” medali bilan “Chust Textile” ta’sischisi Jamshid Ismatullayev, “Brio Group” bosh direktori Farxod Maxmudov, “Xon Films” ta’sischisi Dadaxon Obidov, “Cinema Store” ta’sischisi Shoxrux Murtazayev, “Tasnif Group” direktori Lazizbek Xamidov, “Ahmad Oltin Jo‘ja” restoranlar tarmog‘i asoschisi G‘afur Tulyaganov hamda “Fayz” milliy taomlar tarmog‘i asoschisi Sherali O‘rinov taqdirlandi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni
Boltayev Odiljon Olimjonovich — Samarqand shahridagi “Azia metall prof” MChJning rivojlantirish va investitsiya masalalari bo‘yicha direktori, Samarqand viloyati.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni
Xamrayev Baxtiyor Djabbarovich — Navoiy shahridagi “Gidro stanko servis” MChJ direktori, Navoiy viloyati.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni
- Isakov Muhsinjon Qosimjonovich — Marg‘ilon shahridagi “426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizmlar kolonnasi” MChJ bosh direktori, Farg‘ona viloyati;
- Babaxanov Yorqin Xaitmuradovich — Bo‘stonliq tumanidagi “Central Asian constriction” MChJ ta’sischisi, Toshkent viloyati.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni
Axmedov Baxtiyor Ergashevich — Baxmal tumanidagi “Qo‘shchinor mevasi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati.
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni
- Kazimov Botir Xaydarovich — Toyloq tumanidagi “Bog‘izog‘on” MChJ direktori, Samarqand viloyati;
- Umirzakov Shunkar Umarovich — Ohangaron tumanidagi “Sarvar Aziz Umarzoda ramzi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati;
- Sharipov Umarbek Kuranbayevich — Urganch tumanidagi “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati.
“Mehnat shuhrati” ordeni
- Axmedov Qodirjon Maxmudovich — O‘zbekiston tumanidagi “Turon eco cement group” MChJ ta’sischisi, Farg‘ona viloyati;
- Masharipov Otaxon Karimberganovich — Xiva tumanidagi “Chinobod qurilish” xususiy korxonasi direktori, Xorazm viloyati;
- Saynurdinov Saidgaffar Muxitdinovich — Ohangaron shahridagi “Premier electrotech” MChJ ta’sischisi, Toshkent viloyati;
- Uraimov Isroiljon Xakimovich — Xo‘jaobod tumanidagi “Al-Hakim” xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati.
“Do‘stlik” ordeni
- Abduraxmanov Abdulaziz Abdukadirovich — “My freighter” va “Centrum air” xususiy aviakompaniyalari ta’sischisi, Toshkent shahri;
- Babitsa Rastislav — “AZC group” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha ijrochi direktori;
- Ganiyev Boisxon Basitovich — Shayxontohur tumanidagi “United soft” MChJ rahbari, Toshkent shahri;
- Ismatullayev Jamshid Xayrullayevich — Chust tumanidagi “Chust textile” MChJ ta’sischisi, Namangan viloyati;
- Klain Robert — “Voltalia” kompaniyasi boshqaruvi raisi;
- Kodirov Bexzod Normamatovich — Boysun tumanidagi “Narzi qushbegi” xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati;
- Mamatqulov Oybek Axmedovich — Zomin tumanidagi “Azim Zomin shifo” MChJ direktori, Jizzax viloyati;
- Matkarimova Xanifa Sapayevna — Bog‘ot tumanidagi “Dilshoda Dilshodbek Manzura” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati;
- Mirzajonov Shermuxammad Kozimovich — Yangiyo‘l tumanidagi “Imperial granit” MChJ ta’sischisi, Toshkent viloyati;
- Turumov Xolmirza Almaxmatovich — Yakkabog‘ tumanidagi “Oqtosh kelajagi” MChJ rahbari, Qashqadaryo viloyati;
- O‘ral O‘zkan — “Odas Enerji CA” kompaniyasi rahbari;
- Usmanov A’zam Anvarovich — To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Namangan qo‘ychilik klasteri” MChJ ta’sischisi, Namangan viloyati;
- Xamidov Adaxamjan Abduraimovich — “Forteks” kompaniyasi rahbari;
- Xujamov Botir Mamadaliyevich — Baliqchi tumanidagi “Chinobod nurli zamin agrofirmasi” MChJ direktori, Andijon viloyati;
- Yuldashev Ikram Yalgashevich — Nukus shahridagi “Karakalpak palace hotel” MChJ boshqaruvi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
“Mardlik” ordeni
- Jumaniyozova Roxat Ishimovna — Tuproqqal’a tumanidagi “Marjona Saboxon” MChJ rahbari, Xorazm viloyati;
- Qo‘shshayev Afzal Axmadovich — Shofirkon tumanidagi “Jilvon jilosi 2020” MChJ rahbari, Buxoro viloyati;
- Maxkamov Otabek Erkinovich — ijtimoiy tarmoqlardagi “MrOtabekTV” sahifasi asoschisi, bloger;
- Musayev Muzaffarxon Obosxonovich — Kichik biznes uyushmasi raisi o‘rinbosari;
- Urunboyev Ma’ruf Husan o‘g‘li — Narpay tumanidagi “Narpay strategy up” MChJ direktori, Samarqand viloyati.
II darajali “Salomatlik” ordeni
- Nazarova Xadicha Abdullayevna — “Salomatlik plyus ekologiya” nodavlat notijorat tashkiloti boshqaruv kengashi raisi, Farg‘ona viloyati;
- Raximiy Sharif Uktamovich — Urganch shahridagi “Surge med” xususiy klinikasi bosh shifokori, Xorazm viloyati.
“Sog‘lom turmush” medali
- Ataboyev Xusan Karimovich — Sergeli tumanidagi “Atabaevs production” MChJ ta’sischisi, Toshkent shahri;
- Baratov Shoislom Abdug‘ani o‘g‘li — Guliston shahridagi “Ideal study” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Sirdaryo viloyati;
- Kenjayev Anvar Olimovich — Buxoro shahridagi “Amirshoh 777” MChJ rahbari, Buxoro viloyati.
“Jasorat” medali
- Qurbonov Asror Shomurotovich — Nishon tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qashqadaryo viloyati;
- Qurbonov Furkat Farhod o‘g‘li — Termiz shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, novvoy, Surxondaryo viloyati;
- Ochilova Zulfiya To‘rayevna — Peshku tumanidagi “Zulfiya To‘ra qizi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati.
“Kelajak bunyodkori” medali
- Bahodirov Shohrux Baxtiyorovich — Shahrisabz shahridagi “Lazzat pishloq” MChJ ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati;
- Maksudov Bekzod Ulug‘bek o‘g‘li — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Intest max” MChJ ta’sischisi, Toshkent shahri;
- Nurmuxamedov Elbek Timurovich — Yashnobod tumanidagi “East-games” MChJ ta’sischisi, Toshkent shahri;
- Soliyev Muxammadxon Bobirshoyevich — Samarqand shahridagi “Innovatsion maskan” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Samarqand viloyati.
“Shuhrat” medali
- Adamboyev Toxirjon Akbaraliyevich — Sergeli tumanidagi “Barakat-alfa” MChJ bosh direktori, Toshkent shahri;
- Dadaxonov Davron Toxirovich — Yunusobod tumanidagi “Global export company” MChJ bosh direktori, Toshkent shahri;
- Jabbarova Yulduz Xasanovna — Sharof Rashidov tumanidagi “Yu-Meva” MChJ rahbari, Jizzax viloyati;
- Maxmudov Farxod Gayratovich — “Brio group” AJ bosh direktori, Toshkent shahri;
- Murtazayev Shoxrux Davronbekovich — Yashnobod tumanidagi “Cinema store” MChJ ta’sischisi, Toshkent shahri;
- Norboyeva Mohichehra Nusratilloyevna — G‘ozg‘on shahridagi “G‘ozg‘on chevar qizlari” ishlab chiqarish kooperativi rahbari, Navoiy viloyati;
- Obidov Dadaxon Odilovich — Sergeli tumanidagi “Xon films” MChJ ta’sischisi, Toshkent shahri;
- Olimova Inobat Ravshanovna — Xatirchi tumanidagi “Sultonali Javohir” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Navoiy viloyati;
- Pan Yevgeniya Leonidovna — Ishtixon tumanidagi “Samarkand stone trade corporation” MChJ ta’sischisi, Samarqand viloyati;
- Pardayev Saloxiddin Saydulloyevich — Termiz shahridagi “Fayzi Mehriniso qurilish” xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati;
- Sagdiyev Temur Xayrullayevich — Mirobod tumanidagi “Design studio” MChJ ta’sischisi, Toshkent shahri;
- Sultanov Mirsaid Salamatdinovich — Nukus shahridagi “Ajiniyaz Qaraqalpaq” MChJ ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Sultonaliyev Boburjon Botirali o‘g‘li — Quvasoy shahridagi “Crown ceramic” MChJ direktori, Farg‘ona viloyati;
- Tulyaganov Gafur Axmadjanovich — “Ahmad oltin jo‘ja” restoranlar tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri;
- Umirzokov Oybek Tajibayevich — Asaka tumanidagi “Everest metall grand” MChJ ta’sischisi, Andijon viloyati;
- O‘rinov Sherali Boboqulovich — “Fayz” milliy taomlar tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri;
- Ustadjalilov Dantes Farxodovich — Guliston shahridagi “Dantes construction” MChJ ta’sischisi, Sirdaryo viloyati;
- Xayrullayev Azim Abdurasulovich — Buxoro tumanidagi “Tekhnochem” MChJ ta’sischisi, Buxoro viloyati;
- Xamidov Lazizbek Yodgarovich — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tasnif group” MChJ direktori, Toshkent shahri;
- Xudoyberdiyeva Ziyodaxon A’zamjonovna — O‘rta Chirchiq tumanidagi “Ziyotrans” MChJ ta’sischisi, Toshkent viloyati;
- Choriyeva Gulnora Djurakulovna — Shahrisabz shahridagi “Tikuvchi Anoragul” xususiy korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati;
- Yusupov Shuxrat Fazlitdinovich — Sergeli tumanidagi “Makiz baraka” MChJ ta’sischisi, Toshkent shahri.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ