O‘zbekistonda 53 mingdan ortiq tadbirkor 171 mlrd so‘mlik jarimadan ozod qilindi
Ilk marta huquqbuzarlik qilgan tadbirkorlarga 30 kunda uni ixtiyoriy bartaraf etish uchun ogohlantirish berilgan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekistonda 53 478 ta subyekt 171,6 mlrd so‘mlik jarimalardan ozod etildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, turli sabablarga ko‘ra ayrim soliq to‘lovchilar ushbu majburiyatni o‘z vaqtida bajara olmaydi. Hisobotni belgilangan muddatda topshirmaslik huquqbuzarlik hisoblanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda jarima qo‘llanishiga sabab boʻladi.
yrim turdagi huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxslari yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlarni huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran 30 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, ular jarimadan xalos bo‘ladi. Ya’ni bunday holatda ularga jarima emas, balki ogohlantirish beriladi.
2025-yilning 22-sentabr holatiga soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmagan:
- 53 478 ta subyektga huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgani va kamchiliklar 30 kun ichida to‘liq bartaraf etilgani bois jarimalar qo‘llanilmadi, ularga faqat ogohlantirish berildi;
- natijada ularga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 171,6 mlrd so‘mlik ma’muriy jarimalar soliq to‘lovchilar ixtiyorida qoldi.
Hozirda yana 6 738 ta korxonada soliq hisobotini ixtiyoriy ravishda topshirib, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgani hamda uni 30 kun ichida bartaraf etishi orqali jarimadan ozod bo‘lish imkoniyati mavjud.
Ma’lumot uchun, o‘z vaqtida taqdim etilmagan har bir soliq hisoboti uchun BHMning 10 baravari miqdorida (4 120 000) so‘m jarima qo‘llaniladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ