O‘zbekistonda $11 mlrdlik 42 ta yangi quvvat va infratuzilma obyektlari ishga tushirildi

Shuningdek, hududlarda jami 3,5 ming megavattli 16 ta quyosh, shamol, issiqlik va gidro stansiya foydalanishga topshiriladi

O‘zbekistonda $11 mlrdlik 42 ta yangi quvvat va infratuzilma obyektlari ishga tushirildi

Bugun, 5-dekabr kuni Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida tantanali marosim bo’lib o’tdi.

Marosimda prezident tomonidan qariyb $11 mlrdlik 42 ta yangi quvvat va infratuzilma obyektlari ishga tushirildi, yana 21 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi.

Xususan, hududlarda jami 3,5 ming megavattli 16 ta quyosh, shamol, issiqlik va gidro stansiya foydalanishga topshiriladi. Ular to‘liq quvvatda ishlay boshlagach, yiliga 15 mlrd kilovatt-soat elektr generatsiya bo‘ladi. Natijada kelgusi yilda “yashil” energiya ishlab chiqarish hajmini 23 mlrd kilovatt-soatga yetkaziladi.

Eng muhimi, “toza” energiya hisobiga tabiiy gaz sarfi salkam 7 mlrd kub metrga kamayadi. Atmosferaga 11 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldi olinadi.

1 ming 245 megavattli 10 ta energiya saqlash tizimi ham ishga tushirilmoqda. Bu energiya eng ko‘p iste’mol qilinadigan tig‘iz vaqtlarda qo‘shimcha 1,5 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkonini beradi.

Foydalanishga topshirilayotgan 11 ta yirik podstansiya va 420 kilometr yuqori kuchlanishli tarmoqlar tizimning barqaror ishlashiga xizmat qiladi.

Albatta, biz erishgan natijalarimiz bilan to‘xtab qolmaymiz. Kelgusi 5 yilda $150 mlrddan ziyod xorijiy investitsiyalar hisobidan minglab sanoat va infratuzilma obyektlarini ishga tushirib, yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratamiz, – dedi Prezident.

Aholiga qulay shart-sharoit yaratish uchun “Yangi O‘zbekiston” massivlari va boshqa hududlarda 800 mingdan ortiq xonadonli, energiya tejamkor ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi.

IT, sun’iy intellekt va “buyumlar interneti” kabi yangi yo‘nalishlardagi kompaniyalarga jozibador muhit yaratish uchun zamonaviy super kompyuter klasteri va data-markazlar soni ko‘paytiriladi.

Ayni paytda Saudiyaning “Data-volt” kompaniyasi $3 mlrdlik investitsiya hisobiga 500 megavattli data-markaz qurish bo‘yicha ishlarni boshlagan. Bunday keng ko‘lamli ishlar elektr energiyasiga bo‘lgan talab va ehtiyojni kamida 1,5 barobarga oshiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi