2025-yilda O‘zbekistonda import yuk tashish buyurtmalari 21% ga oshdi

Eksport tashuvlari bo'yicha Qirg‘izistonga yuk jo‘natish hajmi qariyb uch baravar ko‘paydi

2025-yilda O‘zbekistonda import yuk tashish buyurtmalari 21% ga oshdi

2025-yilda O‘zbekistonda avtomobil yuk tashish bozorida sezilarli o‘sish qayd etildi. Xalqaro ATI.SU yuk birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, ichki va xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashishga bo‘lgan talab keskin oshgan.

Import yo‘nalishida buyurtmalar soni 21% ga, tariflar esa o‘rtacha 10% ga oshdi. Eng yuqori o‘sish Qozog‘iston (45%), Xitoy (54%) va Qirg‘iziston (117%) yo‘nalishlarida kuzatildi.

Eksport tashuvlari hajmi 29% ga ko‘paydi. Ayniqsa, Qirg‘izistonga yuk tashish hajmi uch baravarga yaqin oshdi. Rossiya, Qozog‘iston va Belarus asosiy eksport yo‘nalishlari bo‘lib qoldi.

Ichki yuk tashishlar hajmi 79% ga o‘sdi. Bu holat sanoat ishlab chiqarishi va chakana savdoning kengayishi bilan izohlanmoqda. Shuningdek, ATI.SU platformasining rivojlanishi ham bozor faolligini oshirdi.

Mutaxassislar Rossiya yo‘nalishida rentabellikning pasayishini chegara va bojxona nazoratining kuchayishi bilan bog‘lamoqda. Qirg‘izistondagi keskin o‘sish esa elektron ruxsatnomalar (e-permit) tizimi joriy etilgani bilan izohlanmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
/
Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
/
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi