20.11.2025 | 16:22
Dollar kursi uch kunlik pasayishdan keyin ko‘tarila boshladi
Markaziy bank 20-noyabr uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 21-noyabr kuni uchun xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Dollar kursi 3,74 so’mga oshib, 11 911,67 so‘mni tashkil etdi. Yevro esa 13 735,23 so’mga yetdi.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha ham belgilangan kurslar ma’lum qilindi:
- funt sterling — 15 584,39 so‘m (-51,09);
- rubl — 148,27 so‘m (+0,78);
- Xitoy yuani — 1 674,58 so‘m (-0,56);
- Yaponiya iyenasi — 75,80 so‘m (-0,57);
- Qozog‘iston tengesi — 22,97 so‘m (0,0).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ