2025-yilning 11 oyida O‘zbekistonda 27,7 trln so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarildi

Qurilish ishlari hajmining yarmidan ko‘pi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi

2025-yilning 11 oyida O‘zbekistonda 27,7 trln so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari hajmi 27,7 trln so‘mni tashkil etdi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 13,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Toshkent viloyatida mazkur ko‘rsatkich 4,2 trln so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 2,3 trln so‘m, Namangan viloyatida 1,6 trln so‘m, Buxoro viloyatida 1,3 trln so‘m, Farg‘ona viloyatida 1,2 trln so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Boshqa hududlarda bajarilgan ishlar hajmi quyidagicha qayd etildi: Samarqand viloyati — 626 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 614,9 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyati — 548,7 mlrd so‘m, Andijon viloyati — 728,1 mlrd so‘m, Navoiy viloyati — 478,6 mlrd so‘m, Jizzax viloyati — 463,5 mlrd so‘m, Xorazm viloyati — 402,8 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyati — 240,1 mlrd so‘m.

Kapital.uz avvalroq 11 oyida O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 273 trln so‘mdan oshgani haqida xabar bergandi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,6% ga, ya’ni 48 trln so‘mdan ortiq miqdorga oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
Prezident: O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi may oyida IPO’ga chiqadi
/
Prezident: O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi may oyida IPO’ga chiqadi