2025-yilda O‘zbekistonga 11,7 mln nafar xorijiy turist tashrif buyurdi

Bir yil ichida chet eldan sayyohlar oqimi 46,8% ga oshib, 3,7 mln nafarga ko‘paydi

2025-yilda O‘zbekistonga 11,7 mln nafar xorijiy turist tashrif buyurdi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda jami 11,7 mln nafar xorijiy fuqaro turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 mln nafarga yoki 46,8% ga oshgan.

2025-yilda O‘zbekistonga eng ko‘p turist yuborgan davlatlar quyidagilar bo‘ldi: Qirg‘iz Respublikasi — 3,3 mln nafar, Tojikiston va Qozog‘iston — 2,7 mln nafardan, Rossiya — 984,4 ming nafar, Afg‘oniston — 476,7 ming nafar, Turkmaniston — 370 ming nafar, Xitoy — 278,9 ming nafar, Turkiya — 174,9 ming nafar, Hindiston — 80,8 ming nafar hamda Koreya Respublikasi — 46,3 ming nafar.

Kapital.uz avvalroq 11 oyda 10,7 mln nafar chet ellik sayohatga kelgani haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
/
Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
/
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi