2025-yilning birinchi yarmida mijozlarga 66,9 trln so‘mlik mikroqarz ajratilgan
Mikmoliya tashkilotlari 91% holatda aholiga 100 mln so‘mgacha mablag‘ bergan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, kredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan mikromoliya xizmatlari umumiy hajmi 66,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 32,1 trln so‘mga ko‘payib, deyarli ikki baravar oshgan.
Hisobot davrida xizmatlarning 80%i (53,6 trln so‘m) tijorat banklari, 18%i (12 trln so‘m) mikromoliya tashkilotlari, 2%i (1,3 trln so‘m) esa lombardlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ko‘rsatilgan xizmatlarning 91%i (61,1 trln so‘m) 100 mln so‘mgacha bo‘lgan, qolgan 9%i (5,8 trln so‘m) esa 100 mln so‘mdan 300 mln so‘mgacha bo‘lgan operatsiyalarni tashkil qilgan.
Eng yuqori o‘sish davlat ulushi mavjud banklarda qayd etildi: “Mikrokreditbank”da 2,6 barobar (mikroqarzlarda 4,4 barobar), “Agrobank”da 2,4 barobar (mikroqarzlarda 5,5 barobar), “Aloqabank”da esa 2,2 barobar (mikroqarzlarda 3,6 barobar) o‘sish kuzatilgan.
Xususiy banklar orasida “TBC bank” 3,2 barobar (mikroqarzlarda 3 barobar), “Invest Finans Bank” 3,1 barobar (kredit kartalarda 3,3 barobar) va “Anor bank” 75% (mikroqarzlarda%) o‘sish qayd etgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ