2025-yilning ilk oyida Markaziy bankning oltin-valyuta zaxiralari $42,9 mlrdga yetdi
Qiymat 1 oyda $1,73 mlrdga ko‘paygan
2025-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Markaziy bankining (MB) oltin-valyuta zaxiralari $1,73 mlrdga ko‘payib, $42,9 mlrdga yetdi. Bu haqda regulyator rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, valyuta zaxiralari bir oy davomida $8,6 mlrddan $7,3 mlrdga qisqardi.
Oltin zaxiralari jismoniy hajmi faqat 0,3 mln troya untsiyaga oshib, 12,6 mln troya unsiyaga yetgan bo‘lsa ham, uning qiymati rekord darajada $35,1 mlrdga ko‘tarildi (avvalgi $32 mllrddan).
Yanvar oyida oltin narxi 8,3% ga oshib, bir troya unsiyasi uchun $2 859 ni tashkil qildi.
Shuningdek, fevral oyining dastlabki 7 kunida oltinning bir troya unsiyasi $2,900 dan oshdi, bu esa O‘zbekiston Markaziy bankining oltin zaxiralarining $36 mlrddan oshishiga olib kelishi mumkin.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ