2025-yilda mamlakatda oziq-ovqat eksporti $3 mlrdga yetdi

Bundan tashqari, sholini ko‘chat usulida ekish orqail 350 mln kub metr suv tejaldi

2025-yilda mamlakatda oziq-ovqat eksporti $3 mlrdga yetdi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillari bilan muloqot o‘tkazdi.

Qayd etilishicha, ilk bor paxtada o‘rtacha hosildorlik 46 sentnerga yetdi. Joriy yil 3 mingdan ziyod fermer gektaridan o‘rtacha 50-60 sentnerlik, 1,5 mingi 70 sentnerlik marradan o‘tib, paxtachilikda o‘zining tajriba maktabini yaratdi.

G‘allakorlar ham yangi mahalliy navlar va biotexnologiya orqali bu yil 8,4 mln tonna xirmon yaratdi, o‘rtacha hosildorlik 85 sentnerga yetdi. Bunda har bir gektar yerdan 100 sentnerdan hosil olgan 3,5 mingdan ziyod fermerlarimizning munosib hissasi bor.

Sholikorlarimizning mehnati ham alohida e’tirof etildi. Ular bu yil 268 ming gektarda sholi ekib, 1,34 mln tonna hosil oldi, o‘rtacha hosildorlik 50 sentnerga yetdi.

Suv masalasi dolzarb bo‘lgan hozirgi davrda fermerlarimiz sholining o‘zida 35 ming gektarda suv tejovchi texnologiya qilgani, 45 ming gektarda sholini ko‘chat usulida ekkani uchun 350 mln kub metr suv tejaldi.

Uch yilda 155 ming gektar bog‘ va uzumzor barpo etildi, intensiv bog‘lar 150 ming gektarga yetkazildi. Joriy yilda 3,4 mln tonna meva, 2 mln tonna uzum, 19,5 mln tonna sabzavot, poliz va kartoshka, 1 mln tonna dukkakli va moyli ekinlar yetishtirilgan

Yil boshidan oziq-ovqat eksporti 37% ga o‘sib, $3 mlrdga yetdi, yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich ilk bor $3,2 mlrddan oshadi.

Meva-sabzavotlarimiz kirib borgan davlatlar soni 18 taga ko‘payib, 83 taga yetdi. Quritilgan olxo‘ri va o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda 3-o‘ringa, shaftoli va mayizda 7-, gilosda 8-, uzumda 13-o‘ringa chiqildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi