O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar hajmi ikkinchi chorakda qariyb $5 mlrdga yetdi

Mamlakatga AQSh, Rossiya va Yevropadan pul o‘tkazmalari o‘sish sur’atining pasaygan

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalar hajmi ikkinchi chorakda qariyb $5 mlrdga yetdi

Ikkinchi chorakda mehnat muhojirlari tomonidan O‘zbekistonga jami $4,8 mlrd miqdorida pul o‘tkazmalari amalga oshirildi, deya xabar qilmoqda Markaziy bank o‘zining ikkinchi chorak bo‘yicha mehnat bozori sharhida.

Aprel-iyun oylarida pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,4% ga o‘sdi. 2024-yilning mos davrida 38,6% lik o‘sish kuzatilgani hisobga olinsa, hisobot davrida pul o‘tkazmalari o‘sish sur’ati (birinchi chorak bilan solishtirganda ham) nisbatan sekinlashgan.

Ayni paytda, pul o‘tkazmalarining hajman o‘sishi asosan mehnat muhojirlarini qabul qiluvchi mamlakatlarda valyuta kurslarining nisbatan barqarorligi, ish haqining oshishi va iqtisodiy faollikning yuqori sur’atlari bilan izohlanmoqda.

марказий bank, мигрантлар, pul o‘tkazmalari

Ikkinchi chorakda turli mintaqalardan jo‘natilgan pul o‘tkazmalari o‘sish sur’atining sezilarli o‘zgarishi kuzatilgan. Xususan, Boltiq davlatlari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 65,6%) va boshqa mintaqalardan (38,2%) o‘tkazmalar hajmining jadal o‘sishi, shu bilan birga, qolgan mintaqalarga nisbatan yuqoriroq o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda.

Hisobot davrida Yevropadan pul o‘tkazmalari hajmining o‘sish sur’ati (26,9%) AQSh, Rossiya va Osiyoga nisbatan yuqoriroq shakllanganiga qaramay, ikkinchi chorakda sezilarli sekinlashish tendensiyasini namoyon qilgan. AQSh va Rossiyadan pul o‘tkazmalari o‘sishi sekinlashgan (mos ravishda 10,3% va 23,7%). Osiyodan o‘tkazmalarning barqaror tendensiyasi saqlanib qolgan.

Joriy dinamikaning shakllanishi mehnat muhojirlari oqimi yo‘nalishlari bosqichma-bosqich kengayayotganligidan dalolat beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi
/
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi