13.2.2025 | 13:42
Yil davomida import qilingan telefonlar qiymati $374,5 mlnni tashkil qildi
Xitoy mamlakatda yetakchilik qilmoqda
2024-yilning 12 oyi davomida O’zbekistonga qancha telefon import qilingani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Unga ko’ra, import qilingan telefonlar qiymati $374,5 mlnni tashkil qilib, ularning soni 4,2 mlnga yetgan.
Eng ko’p telefon import qilgan davlatlar qatorida Xitoy (3,4 mln dona)va Vetnam (589,4 dona) yetakchilikni egallagan. Shuningdek, O’zbekistonga Hindiston 113,6 ming dona, Gongkong 46,1 ming dona va qolgan davlatlar — 5,4 ming dona telefon eksport qilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ