18.11.2025 | 16:26
Dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
Markaziy bank 19-noyabr uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 19-noyabr kuni uchun xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Dollar kursi 69,22 so‘mga tushib, 11 940,70 so‘mni tashkil etdi. Yevro esa 13 839,27 so’mga yetdi.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha ham belgilangan kurslar ma’lum qilindi:
- funt sterling — 15 705,6 so‘m (-105,46);
- rubl — 147,40 so‘m (-0,4);
- Xitoy yuani — 1 679,16 so‘m (-10,52);
- Yaponiya iyenasi — 76,92 so‘m (-0,69);
- Qozog‘iston tengesi — 22,93 so‘m (-0,02).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ