O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun oshdi

Markaziy bank 18-mart uchun xorijiy valyutalarning yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi

O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 18-mart sanasiga xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi rasmiy kurslarini belgiladi.

Unga ko‘ra, AQSH dollari kursi 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni tashkil etdi. Yevro ham 124,53 so‘mga qimmatlab, 13 968,98 so‘m etib belgilandi.

Boshqa xorijiy valyutalar kurslari quyidagicha shakllandi:

  • funt sterling — 16 175,25 so‘m (+156,8);
  • rubl — 147,99 so‘m (−1,17);
  • Xitoy yuani — 1 761,17 so‘m (+7,85);
  • yapon iyenasi — 76,22 so‘m (+0,33);
  • Qozog‘iston tengesi — 25,28 so‘m (+0,32).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi 47,1% gacha pasaydi
/
UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi 47,1% gacha pasaydi
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
/
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
/
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi