O‘zbekistonda dollar kursi ikkinchi bor oylik minimumni yangiladi

Markaziy bank 18-avgust uchun xorijiy valyutalarning yangi kurslarini belgiladi

O‘zbekistonda dollar kursi ikkinchi bor oylik minimumni yangiladi

O‘zbekiston Markaziy banki 18-avgust uchun xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.

Dollar kursi pasayishda davom etdi va 11 857,35 so‘mni tashkil qildi. Bu avvalgi kursga nisbatan 33,83 so‘mga pasayish demakdir. Yevro kursi ham 7,11 so‘mga arzonlab, 13 746,23 so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar uchun belgilangan kurslar quyidagicha:

  • funt sterling — 16 075,01 so‘m (-20,89);
  • Rossiya rubli — 139,32 so‘m (-2,51);
  • Xitoy yuani — 1 759,41 so‘m (-4,52);
  • Yaponiya iyenasi — 74,46 so‘m (-0,27);
  • Qozog‘iston tengesi — 25,73 so‘m (+0,09).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

AVO bank mijoz hisobvaraqlariga qo‘yilgan cheklovlar yuzasidan izoh berdi
/
AVO bank mijoz hisobvaraqlariga qo‘yilgan cheklovlar yuzasidan izoh berdi
O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi
O‘zbekistonning tashqi qarzi $84,1 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning tashqi qarzi $84,1 mlrdga yetdi