15.9.2026 | 18:08
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarila boshladi
Markaziy bank 16-sentabr uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 16-sentabr uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollar kursi 9,71 so‘mga oshib, 11 774,92 so‘mni tashkil etdi. Yevro esa 1,8 so‘mga arzonlab, 13 588,26 so‘mgacha tushdi.
Boshqa xorijiy valyutalarning belgilangan kurslari quyidagicha:
- funt sterling — 15 877,30 so‘m (+4,86);
- Rossiya rubli — 139,17 so‘m (-0,18);
- Xitoy yuani — 1 754,41 so‘m (-14,53);
- Yaponiya iyenasi — 76,02 so‘m (-0,09);
- Qozog‘iston tengesi — 26,29 so‘m (+0,09).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ