O‘zbekistonda 12 nafar bloger reklama qonunchiligini buzgani uchun javobgarlikka tortildi

Shuningdek, qo‘shiqchilar, aktyorlar va sportchilarning reklama faoliyati ham nazoratga olingan

O‘zbekistonda 12 nafar bloger reklama qonunchiligini buzgani uchun javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 110 nafar blogerning reklama materiallari muntazam monitoring qilinmoqda. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, monitoring davomida 12 nafar bloger tomonidan reklama qonunchiligi talablariga zid materiallar joylashtirilgani aniqlangan. Ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, qo‘mita tomonidan keng jamoatchilikka tanilgan qo‘shiqchilar, aktyor va aktrisalar hamda sportchilarning ro‘yxati shakllantirilgan. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi reklama bilan bog‘liq chiqishlari ham muntazam kuzatib borilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va tarqatuvchilar, jumladan, blogerlar hamda mashhur shaxslarni reklama materiallarini joylashtirishda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya qilishga chaqirdi.

Qo‘mita qonunchilik talablarini bilmaslik yoki ularga e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lish javobgarlikdan ozod etmasligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar monitoringi yanada kuchaytiriladi. Bunda qonunbuzilishlarning oldini olish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorida qonuniylikni ta’minlashga e’tibor qaratiladi.

Soliq qo’mitasi avvalroq olti nafar yirik bloger budjetga 3 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lamaganini ma’lum qilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston 9 oyda $1,6 mlrdlik tabiiy gaz import qildi
/
O‘zbekiston 9 oyda $1,6 mlrdlik tabiiy gaz import qildi
“C-STORE” kompaniyasi kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi
/
“C-STORE” kompaniyasi kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi