“C-STORE” kompaniyasi kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi

Kompaniyaning ustav fondi 2,15 mlrd so‘mni tashkil etib, unga “251 ASSETS” egalik qiladi

“C-STORE” kompaniyasi kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “C-STORE” MChJga kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi.

Litsenziya Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq rasmiylashtirilgan. Mazkur nizom 2022-yil 15-avgustda 3380-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Orginfo ma’lumotlariga ko‘ra, “C-STORE” MChJning ustav fondi 2,15 mlrd so‘mni tashkil etadi. Kompaniya rahbari — Djasur Zaxidov.

Korxonaning yagona ta’sischisi “251 ASSETS” MChJ bo‘lib, uning ulushi 100% ga teng.

O‘z navbatida, “251 ASSETS” MChJning ustav fondi 1 mln so‘mni tashkil etadi. Kompaniya rahbari Suxrob Madiyarov hisoblanadi. Uning ta’sischilari orasida Suxrob Madiyarov 99%, Bexzod Axmedov esa 1% ulushga ega.

Eslatib o’tamiz, oktabr oyi oxirida “Monetex” kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya olgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi