Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Bundan qarorga inflyatsiyaning pasayishi, milliy valyutaning mustahkamlanishi va ichki bozordagi talab omillari ta'sir qilgan

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank inflyatsiyaning pasayish tendensiyasini saqlab qolish va mavjud xatarlarni jilovlash maqsadida asosiy stavkani yillik 14% darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Qaror iqtisodiyotda yuqori talab, xizmatlar sohasidagi narxlarning o‘sishi va taklif omillariga oid xavflar saqlanib qolgani bilan izohlandi.

Regulyator ma’lumotiga ko‘ra, noyabr oyida yillik inflyatsiya 7,5% ni, bazaviy inflyatsiya esa 6,3% ni tashkil etib, pasayish davom etdi. Milliy valyutaning mustahkamlanishi import inflyatsiyasiga bosimni kamaytirib, prognozlar pastga qayta ko‘rib chiqilishiga sabab bo‘ldi. Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya 7,3% atrofida bo‘lishi, 2026-yilda esa 6,5% ga yaqinlashishi kutilmoqda.

Iqtisodiy faollik yuqori darajada saqlanib, mehnat bozori, savdo va xizmatlar tushumlari hamda banklararo operatsiyalar o‘sishda davom etmoqda. Yil yakuni bo‘yicha iqtisodiy o‘sish 7–7,5% darajasida prognoz qilinmoqda.

Markaziy bank inflyatsion xatarlar qatorida oziq-ovqat taklifi bilan bog‘liq muammolar, transport xizmatlari narxlarining oshishi va tartibga solinadigan narxlar indeksatsiyasi ta’sirlarini qayd etdi. Shu bilan birga, real foiz stavkalarining yuqoriligi milliy valyutada jamg‘arishning o‘sishiga xizmat qilmoqda.

Regulyator inflyatsiyani o‘rta muddatda 5% targetga tushirish uchun pul-kredit sharoitlarini yetarlicha qat’iy saqlashini bildirdi. Asosiy stavkani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026-yil 28-yanvarga belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi