O‘rta tadbirkorlik subyektlari 10 oyda 20 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan

Eng ko’p soliq to’lagan “Raupxon” MChJ bo’ldi

O‘rta tadbirkorlik subyektlari 10 oyda 20 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 19 206 ta o‘rta tadbirkorlik subyekti tomonidan 20,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Bu haqda Soliq qo’mitasi xabar berdi

Bu ko’rsatkichining 352,7 mlrd so‘mi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 1,5 trln so‘mdan ziyod, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 23,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ular tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida: 

  • QQS — 134,7 mlrd so‘m; 
  • foyda solig’i — 58,8 mlrd so‘m; 
  • aksiz solig’i — 55,5 mlrd so‘m;
  • JShODS — 47,8 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq — 40,7 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar — 15,3 mlrd so‘m.

Eng ko’p soliq to’lagan o’rta tadbirkorlar reytingida birinchi o’rinni “Raupxon” MChJ, ikkinchi o’rinni “Qurilish Invest Development” MChJ va uchinchi o’rinni “Davr Oil Trade” MChJ egallagan.

Bundan oldin, “Yandeks”ning yillik soliq tushumlari 125 mlrd so’mni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi
Nasiya savdo berayotgan doʻkonlar tovarlarni kreditga beryapti — Markaziy bank
/
Nasiya savdo berayotgan doʻkonlar tovarlarni kreditga beryapti — Markaziy bank
Rossiya bozorida o‘zbek lift ishlab chiqaruvchilari to‘siqlarga duch kelmoqda
/
Rossiya bozorida o‘zbek lift ishlab chiqaruvchilari to‘siqlarga duch kelmoqda