O‘zbekistonda 1-martdan boshlab qanday o‘zgarishlar amalga oshiriladi

Masalan, pensiyalar hech qanday hujjatlarsiz avtomatik tayinlanadi

O‘zbekistonda 1-martdan boshlab qanday o‘zgarishlar amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 1-martdan boshlab qonunchilikka ko‘ra, bir qator o‘zgarishlar amalga oshiriladi. 

Pensiya tizimini avtomatlashtirish konsepsiyasi joriy qilinadi. 60 yoshga yetgan erkaklarga va 55 yoshga yetgan ayollarga yoshga doir pensiyani ularning murojaatisiz bir kunda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.

Bunda fuqaroning ish staji, ish haqi (to‘langan ijtimoiy soliq summasi) va oila tarkibi (turmush o‘rtog‘i va farzandlari) kabi ma’lumotlari vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinadi.

SMS-xabarnoma xizmati narxi 2 baravarga oshiriladi. SMS-xabarnoma xizmatlarini taqdim etuvchi “Play Mobile” kompaniyasi “Uzcard” milliy to‘lov tizimidan kiruvchi xabarlar uchun tariflarni oshiradi.

Unga ko‘ra, 1-martdan “Beeline”, “Humans”, “Perfectum”, “Ucell”, “Mobiuz” va “UzMobile” operatorlari mijozlari uchun 5800 raqamidan yuborilgan har bir SMS narxi ikki baravarga — 84,2 so‘mdan 168,4 so‘mga oshadi.

6 oy davomida sotilmagan davlat obyektlari 10 yilga ijaraga beriladi. Bunda obyekt 10 ming kvadratgacha bo‘lishi lozim. Ta’kidlanishicha, to‘rt yil davomida ijara vaqtida to‘lansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi.

“Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlari tanladi. Yil davomida infratuzilma uchun 1,2 trln so‘m ajratiladi. 2030-yilgacha esa massivlar 100 ta yetkazilishi rejalashtirilmoqda. 

Renovatsiya asosida ko‘p qavatli uy-joylar qurishning yangi tartibi joriy etiladi. Endi renovatsiyani boshlashga barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimi imzolanganidan so‘ng ruxsat beriladi.

Mulkdorlar o‘z xohishi bilan kompensatsiya turlaridan birini tanlashi mumkin. Ya’ni ular buzilayotgan turarjoylar o‘rniga renovatsiya dasturiga muvofiq yangi quriladigan, bir xil maydonga ega turarjoylardan tayyor kvartiralarni mulk huquqi asosida olishi hamda qurilish davrida ko‘chib o‘tishi, shu jumladan, boshqa obyektni vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplashi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi