Milliy kutubxona ortidagi 1,3 gektar hudud avtoturargoh tashkil etish uchun auksionga chiqariladi

Avtoturargoh xizmatlaridan tushadigan mablag‘larning 20%i shahar budjetiga yo‘naltiriladi

Milliy kutubxona ortidagi 1,3 gektar hudud avtoturargoh tashkil etish uchun auksionga chiqariladi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi 1,3 gektar hududda tartibli avtoturargoh tashkil etish va jamoat makonini obodonlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.

Loyihani davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Uning asosiy shartlaridan biri hududdagi mavjud daraxtlar va piyodalar uchun ajratilgan maydonlarni saqlab qolish hisoblanadi.

Avtoturargohni tashkil etish uchun daraxtlar kesilmaydi. Aksincha, loyiha doirasida 1 ming tupdan ortiq daraxt va buta ekish rejalashtirilmoqda. Hududda kapital qurilish ishlari ham amalga oshirilmaydi.

Loyihada piyodalar va velosiped yo‘laklari, dam olish hududlari, bolalar va vorkaut maydonchalari, yengil konstruksiyali sport obyektlari hamda sanitariya xonalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, hududga videokuzatuv tizimi, bo‘sh avtoturargoh joylari haqida ma’lumot beruvchi elektron tablolar va zamonaviy to‘lov tizimi o‘rnatiladi. Bundan tashqari, uzunligi 720 metr bo‘lgan yangi piyodalar yo‘lagi barpo etiladi.

Xususiy sherik hududni 10 yil boshqaradi

Yer uchastkasini elektron auksionga chiqarish rejalashtirilmoqda. Obyektdan 10 yil foydalanish huquqini qo‘lga kiritadigan xususiy sherik investitsiya majburiyatlarini bajarishi, shuningdek, hududni saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishni ta’minlashi kerak.

Avtoturargoh xizmatlaridan tushadigan mablag‘larning 20%i shahar budjetiga yo‘naltiriladi.

Markazning qayd etishicha, loyihaning maqsadi shahar markazidagi avtomobillar sonini ko‘paytirish emas. U mavjud transport oqimini tartibga solish va jamoat hududlarini tartibsiz avtoturargohlardan xoli qilishga qaratilgan.

Maxsus va tezkor xizmat transport vositalari hududga bepul kirishi mumkin. Shuningdek, hokimlik talabi bilan avtoturargoh hududi yiliga jami 60 kungacha bayramlar, festivallar va boshqa ommaviy tadbirlar uchun taqdim etilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent—Nukus tezyurar poyezdi qatnovi kelasi yil mart oyidan yo‘lga qo‘yiladi
/
Toshkent—Nukus tezyurar poyezdi qatnovi kelasi yil mart oyidan yo‘lga qo‘yiladi
Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashdi
/
Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashdi
O‘zbekistonda tajriba tariqasida “Yashil AI” moduli ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda tajriba tariqasida “Yashil AI” moduli ishga tushiriladi