Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashdi
Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi
Foto: Saida Mirziyoyeva Telegram sahifasi
Saida Mirziyoyeva 22-sentyabr kuni Nyu-Yorkda Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Saida Mirziyoyeva tashkilot bosh kotibi bilan ushbu sessiya doirasida uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman, dedi Prezident administratsiyasi rahbari.
BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi 8-sentabrda o‘z ishini boshlagandi. 22–26-sentyabr va 28-sentyabr kunlari Bosh Assambleyaning umumiy munozarasi bo‘lib o‘tadi. Unda davlat va hukumat rahbarlari hamda yuqori martabali vakillar xalqaro masalalar bo‘yicha o‘z mamlakatlarining pozitsiyalarini bildiradi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ