2025-yilda bank tizimida muammoli kreditlar ulushi 3%gacha kamaydi

Kredit portfeli 13,3%ga o‘sib, 604 trln so‘mdan oshdi

2025-yilda bank tizimida muammoli kreditlar ulushi 3%gacha kamaydi

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bank sektorida muammoli kreditlar (NPL) ulushi 4,0%dan 3,0%gacha qisqardi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida banklarning umumiy kredit portfeli 13,3%ga o‘sib, 604,0 trln so‘mdan (taxminan $50,3 mlrd) oshdi.

Davlat banklarida muammoli kreditlar ulushi 3,9%dan 3,2%gacha, xususiy banklarda esa 4,1%dan 2,6%gacha kamaydi. Natijada butun bank tizimi bo‘yicha kredit sifati yaxshilandi.

Kapital bozorida aksiyalari savdo qilinadigan banklar orasida eng katta pasayish Ipoteka-bankda qayd etilib, NPL ko‘rsatkichi 10,2%dan 3,5%gacha tushdi. Shuningdek, Garant bankda muammoli kreditlar ulushi 14,8%dan 4,9%gacha, Biznesni rivojlantirish bankida 8,5%dan 4,5%gacha qisqardi. Hamkorbank va Ipak yo‘li bankda ham NPL darajasi pasaydi.

Ayrim banklarda esa muammoli kreditlar ulushining oshgani kuzatildi. Xususan, TBC Bankda ko‘rsatkich 2,1%dan 5,7%gacha, Anor bankda 2,4%dan 4,7%gacha, Turon bankda 2,8%dan 3,4%gacha oshdi.

Umuman olganda, 2025-yilda bank sektorida kredit portfelining kengayishi fonida muammoli kreditlar ulushining kamayishi moliyaviy barqarorlik kuchayib borayotganidan dalolat bermoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
/
Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
/
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi