7.10.2025 | 11:20
2025-yilning 8 oyida turoperatorlar ko‘rsatgan xizmatlar hajmi 2,2 trln so‘mga yetdi
Mamlakatning 5 ta hududida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi umumiy xizmatlar hajmining 97,1% ini tashkil etgan
Фото: Uzbekistan Airports
Turistik agentliklar tomonidan 2,2 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.
2025-yilning yanvar–avgust oylarida turistik agentliklar, turoperatorlar, bronlash va ularga aloqador boshqa xizmatlar hajmi 2,2 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 44% ga oshgan.
Turistik agentliklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi bo‘yicha TOP-5 hudud:
- Toshkent shahri — 1,7 trln so‘m;
- Samarqand viloyati — 305 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati — 73,1 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati — 52,2 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati — 31,9 mlrd so‘m.
Ushbu hududlar umumiy xizmatlar hajmining 97,1% ini tashkil etgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ