2025-yilning 8 oyida Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi $885,9 mlnga qisqardi

Xitoyga gaz yetkazib berish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 40% ga oshgan

2025-yilning 8 oyida Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi $885,9 mlnga qisqardi

2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston eksport qilganiga nisbatan ko‘proq tabiiy gaz importini amalga oshirdi. Bu Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aks etadi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oyda Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 27,9% ga kamayib, $885,9 mlnni tashkil etdi:

  • yanvar — gaz importi $27,8 mln;
  • fevral — $8 mln;
  • mart — $2,7 mln;
  • aprel — $112 mln;
  • may — $135 mln;
  • iyun — $286,3 mln;
  • iyul — $162,2 mln;
  • avgust — $151,9 mln.

Yil boshidan buyon Xitoyga gaz eksporti 24,1% ga oshib, $494,7 mlnni tashkil etdi: yanvarda Xitoyga $21,8 mln, fevralda $20,2 mln, martda $52,3 mln, aprelda $105,4 mln, mayda $88,3 mln, iyunda $66,9 mln, iyulda $83,7 mln, avgustda esa $56,1 mlnlik gaz yetkazib berildi.

Shunga qaramay, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari Xitoy Bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlaridan biroz farq qiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-avgust oylarida $563,2 mlnlik gaz eksport qilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 40,27% ga ko‘pdir.

Bundan tashqari, Xitoy bojxonasi O‘zbekistondan tabiiy gaz yetkazib berishning oylik hajmi iyul oyidagi $94,4 mlndan avgust oyida $103,2 mlngacha (2024-yilning shu davriga nisbatan 6% yuqori), 9,32% ga oshganini ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun oshdi
O‘zbekistonda ishga qabul qilish tartibi soddalashtirilib, mehnat shartnomalari raqamlashtiriladi
/
O‘zbekistonda ishga qabul qilish tartibi soddalashtirilib, mehnat shartnomalari raqamlashtiriladi
2026-yilning uch oyida 108 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi
/
2026-yilning uch oyida 108 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi