O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarishi 9,4% ga oshdi

Eng yuqori o‘sish BYD avtomobillarida qayd etilib, ishlab chiqarish ikki baravardan ko‘proqqa oshgan

O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarishi 9,4% ga oshdi

2026-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda 2025-yilning mos davriga nisbatan yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 22 622 taga yoki 9,4% ga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Hisobot davrida eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan — 91 140 dona. Bu 2025-yilning yanvar-iyul oylaridagi 83 167 donaga nisbatan 7 973 dona yoki 9,6% ko‘p.

Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha keyingi o‘rinda Damas turibdi. Yanvar-iyul oylarida 47 521 dona Damas ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich bir yil avvalgi 51 587 donaga nisbatan 4066 dona yoki 7,9% kam.

Tracker ishlab chiqarish hajmi ham kamaygan. Yetti oyda 25 779 dona ushbu model ishlab chiqarilib, yillik ko‘rsatkich 606 dona yoki 2,3% ga pasaygan.

Onix ishlab chiqarishi esa 18 734 donadan 20 445 donaga yetgan. Natijada ishlab chiqarish 1711 dona yoki 9,1% ga oshgan.

KIA avtomobillari ishlab chiqarishida ham o‘sish qayd etilgan. Yanvar-iyul oylarida 17 125 dona KIA ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2025-yilning mos davridagi 14 419 donaga nisbatan 2706 dona yoki 18,8% ko‘p.

Eng yuqori o‘sish BYD avtomobillarida kuzatilgan. 2025-yilning yanvar-iyul oylarida 8601 dona BYD ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2026-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 17 765 donaga yetgan. Shunday qilib, ishlab chiqarish 9164 dona yoki 106,5% ga oshib, qariyb 2,1 baravarga ko‘paygan.

Haval avtomobillari ishlab chiqarishi ham 30,6% ga oshgan. Yetti oyda 5778 dona Haval ishlab chiqarilib, bu o‘tgan yilgi 4425 donadan 1353 dona ko‘p.

Chery ishlab chiqarishida esa biroz pasayish qayd etilgan. Ushbu avtomobildan 4801 dona ishlab chiqarilgan, 2025-yilning mos davrida esa ko‘rsatkich 4838 dona bo‘lgan. Bu 37 dona yoki 0,8% lik kamayishni anglatadi.

Shuningdek, maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarishi 28 953 donadan 32 445 donaga oshgan. Yillik o‘sish 3492 dona yoki 12,1% ni tashkil etgan.

2026-yilda ishlab chiqarish statistikasida yangi model — Chevrolet Damas Move ham paydo bo‘lgan. Yanvar-iyul oylarida ushbu modeldan 932 dona ishlab chiqarilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mikromoliya tashkilotlarda muammoli kreditlar qiymati 500 mlrd so‘mga yaqinlashdi
/
Mikromoliya tashkilotlarda muammoli kreditlar qiymati 500 mlrd so‘mga yaqinlashdi
Avgust oyida eskrou hisobvaraqlari orqali 33 mingdan ortiq bitim rasmiylashtirildi
/
Avgust oyida eskrou hisobvaraqlari orqali 33 mingdan ortiq bitim rasmiylashtirildi
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 15% ga kamaydi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 15% ga kamaydi