Mikromoliya tashkilotlarda muammoli kreditlar qiymati 500 mlrd so‘mga yaqinlashdi

Shuningdek, 17,4 trln so‘mlik kredit qoldig‘ida NPL ulushi 2,6% ni tashkil qilmoqda

Mikromoliya tashkilotlarda muammoli kreditlar qiymati 500 mlrd so‘mga yaqinlashdi

2026-yil 1-avgust holatida 138 ta mikromoliya tashkilotining (MMT) jami aktivlari bir yil ichida 9,5 trln so‘mdan 18,9 trln so‘mgacha oshgan. Bu haqda Markaziy bank e’lon qilgan statistikasida keltirilgan.

Sof kreditlar hajmi ham 8,7 trln so‘mdan 16,9 trln so‘mga yetgan. Eng keskin o‘sish TBC Kredit’da qayd etilib, uning aktivlari bir yilda 1,9 mlrd so‘mdan 1,1 trln so‘mga yetgan. Shu davrda sof kreditlar hajmi 1 trln so‘mni tashkil qilgan.

Aktivlari sezilarli darajada oshgan mikromoliya tashkilotlari ro‘yxati quyidagicha:

MMT 2025-yil aktivlari 2026-yil aktivlari Aktiv o‘sishi 2026-yil sof kreditlari NPL ulushi
TBC Kredit
1,9 mlrd so’m
1,1 trln so’m
+620%
1 trln so’m
0,4%
Ayol
0,1 mlrd so’m
12,3 mlrd so’m
+232%
Community Microfinance
2,0 mlrd so’m
279,4 mlrd so’m
+139%
265,1 mlrd so’m
Bright Future financing
2,1 mlrd so’m
281,6 mlrd so’m
+133%
257,9 mlrd so’m
Urban Finance Solutions
2,1 mlrd so’m
147,1 mlrd so’m
+692%
136,0 mlrd so’m
Danweek founding
5,5 mlrd so’m
363,6 mlrd so’m
+648%
260,9 mlrd so’m
Fond Flow
2,0 mlrd so’m
131,1 mlrd so’m
+645%
124,5 mlrd so’m
Una Moliya
1,8 mlrd so’m
109,3 mlrd so’m
+600%
40,5 mlrd so’m
Cash point
1,7 mlrd so’m
84,7 mlrd so’m
+502%
76,5 mlrd so’m
Aloqa Finance Development
8,2 mlrd so’m
165,0 mlrd so’m
+191%
154,0 mlrd so’m
3,1%

Aktivlari yirik mikromoliya tashkilotlari ko‘proq oshgan

Yirik tashkilotlarda aktivlar qanchaga oshgani va o‘sish kredit portfelida qanday aks etganini quyidagi jadval orqali ko‘rish mumkin:
Tashkilot Aktivlar, 2025 Aktivlar, 2026 O‘zgarish Sof kreditlar, 2026 NPL ulushi
Tezcoin
2,2 trln so’m
6,8 trln so’m
+206%
6 ,3 trln so’m
1,9%
Oltin Yulduz Plus
132,4 mlrd so’m
403,5 mlrd so’m
+205%
382,6 mlrd so’m
3,8%
Agat
168,2 mlrd so’m
399,1 mlrd so’m
+137%
293,4 mlrd so’m
2,8%
Mabruk Finance
19,6 mlrd so’m
47,6 mlrd so’m
+143%
38,5 mlrd so’m
6,9%
Barqaror Sarmoya Group
37,0 mlrd so’m
74,8 mlrd so’m
+102%
68,1 mlrd so’m
1,8%
Kontakt Finance
11,3 mlrd so’m
23,9 mlrd so’m
+112%
21,6 mlrd so’m
1,9%
Sarmoyachi Group
22,8 mlrd so’m
107,9 mlrd so’m
+373%
91,4 mlrd so’m
Tayan
8,7 mlrd so’m
46,9 mlrd so’m
+441%
42,4 mlrd so’m

Masalan, Tezcoin’ning aktivlari 2,2 trln so‘mdan 6,8 trln so‘mga oshgan. Oltin Yulduz Plus’da esa aktivlar 132,4 mlrd so‘mdan 403,5 mlrd so‘mga, Agat’da 168,2 mlrd so‘mdan 399,1 mlrd so‘mga yetgan.

Ayrim tashkilotlarda aktivlar pasaygan

Sektor bo‘yicha umumiy aktivlar ikki barobar oshganiga qaramay, ba’zi tashkilotlarda aksincha kamayish yuz bergan:

Yangi Finans’ning aktivlari 149,2 mlrd so‘mdan 73,5 mlrd so‘mgacha (-51%), sof kreditlari esa 116,1 mlrd so‘mdan 35,3 mlrd so‘mgacha (-70%) kamaygan. Bu Yangi bank va Yangi finance faoliyati 2026-yil boshida Markaziy bank tomonidan to‘xtatilgani bilan bog‘liq.

Silver Finans’ning aktivlari 4,2 mlrd so‘mdan 1,1 mlrd so‘mgacha (-74%), sof kreditlari esa 2 mlrd so‘mdan 0,3 mlrd so‘mgacha (-85%) tushgan.

NPL ulushi yuqori mikromoliya tashkilotlari

2026-yil 1-avgust holatiga 138 ta MMTning jami kredit qoldig‘i 17,4 trln so‘mni tashkil qilgan. Shundan 459,9 mlrd so‘mi muammoli kreditlar bo‘lib, sektor bo‘yicha NPL ulushi 2,6% ga teng.

Biroq tashkilotlar kesimida ko‘rsatkichlar ancha farqli. NPL ulushi eng yuqori bo‘lgan MMTlar qatorida Kreditomat Tashkent (72,9%), Silver Finans (65,2%), Sirius Kredit (56,3%) va Chust RIR (43,3%) bor.

Shuningdek, Yangi Finans’da NPL ulushi 37,4% , ROHAT’da 36,4% , Farovon Hayot’da 29,6%, Tashdi’da 29,6% va Laym’da 27,3% ga yetgan.

Yirik kredit portfeliga ega ayrim MMTlarda esa mazkur ulush nisbatan past bo‘lgan. Masalan, Tezcoin’da kredit qoldig‘i 6,5 trln so‘m bo‘lsa-da, muammoli kreditlar ulushi 1,9% ni, Fortuna Biznes’da 1,1 trln so‘mlik kredit qoldig‘iga nisbatan 0,8% ni tashkil qilgan. TBC Kredit’da esa 1 trln so‘mdan ortiq kredit qoldig‘ining 0,4%i muammoli kreditlar hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarishi 9,4% ga oshdi
/
O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarishi 9,4% ga oshdi
Avgust oyida eskrou hisobvaraqlari orqali 33 mingdan ortiq bitim rasmiylashtirildi
/
Avgust oyida eskrou hisobvaraqlari orqali 33 mingdan ortiq bitim rasmiylashtirildi
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 15% ga kamaydi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib olish 15% ga kamaydi