Yangi Toshkentga olib boruvchi metro liniyasi 2026-yil oxirigacha qurib bitkaziladi

Loyiha qiymati $110 mln bo‘lib, qurilish investori sifatida Turkiya kompaniyasi ishtirok etiadi

Yangi Toshkentga olib boruvchi metro liniyasi 2026-yil oxirigacha qurib bitkaziladi

“Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil oxiriga qadar poytaxtning yangi qismiga olib boruvchi metro liniyasi foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Uzunligi 8 kilometr bo‘lgan yangi yo‘nalishda uchta bekat quriladi. U “Do‘stlik” bekatidan Yangi Toshkentgacha bo‘lgan yo‘nalishning bir qismini tashkil etadi.

$110 mlnlik loyiha Turkiyaning “Hvav Yapi Sanayi Ve Tic. A.S.” kompaniyasi investitsiyasi asosida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 16-iyun kuni prezidentga taqdim etilgan rejalarga ko‘ra, Yangi Toshkent metrosi umumiy 21 kilometr masofani qamrab oladi va 9 ta bekatdan iborat bo‘ladi. Yangi liniyada poyezdlar minimal 6 daqiqalik interval bilan qatnab, butun yo‘l 24 daqiqada bosib o‘tilishi kutilmoqda.

Yangi Toshkent metro liniyasi 2026-yilda qurib bitkaziladi

metro, янги тошкент

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi Toshkent stadioni yonida 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh quriladi
/
Yangi Toshkent stadioni yonida 5,5 ming o‘rinli avtoturargoh quriladi
“Poytaxtbank” kuzatuv kengashi to‘liq yangilandi
/
“Poytaxtbank” kuzatuv kengashi to‘liq yangilandi
“O‘zatom” va “Rosatom” AES qurilishi bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi
/
“O‘zatom” va “Rosatom” AES qurilishi bo‘yicha qo‘shimcha kelishuv imzoladi