Centrum Air’ga yangi Airbus A330-300 samolyoti olib kelindi

Samolyotdan uzoq masofali yo‘lovchi reyslarida foydalaniladi

Centrum Air’ga yangi Airbus A330-300 samolyoti olib kelindi

2025-yil 30-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportida Centrum Air aviakompaniyasi Airbus A330-300 samolyotini qabul qilib oldi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati Kapital.uz’ga ma’lum qildi. 

Yangi Airbus A330-300 samolyotidan uzoq masofali yo‘lovchi reyslarini amalga oshirish uchun foydalaniladi. Toshkent aeroportiga yetib kelgan samolyot an’anaga koʻra suv arkalari bilan kutib olindi. Ekipaj a’zolariga kompaniya jamoasi tomonidan ehtirom va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida gullar topshirildi.

Flotimizni kengaytirish – bu milliy aviatsiyani rivojlantirish va xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qo‘shayotgan hissamizdir. Biz parvozlar va infratuzilmani rivojlantirishga faol investitsiya kiritishda davom etmoqdamiz, shuningdek, yo‘lovchilarga yuqori darajadagi qulaylik, xizmat va xavfsizlikni ta’minlashni maqsad qilganmiz, – dedi Centrum Holding asoschisi va kuzatuv kengashi raisi Abdulaziz Abdurahmonov.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
O‘zbekistonda yil boshidan buyon soliq tushumlari 24% ga oshdi
/
O‘zbekistonda yil boshidan buyon soliq tushumlari 24% ga oshdi
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston savdo hajmini $100 mlnga yetkazishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston savdo hajmini $100 mlnga yetkazishni rejalashtirmoqda