Yandex Uzbekistan sun’iy intellekt asosida yangilangan “Qidiruv” xizmatini taqdim etdi

Bu orqali Yandex Search o‘zbek tilidagi so‘rovlarga yanada yaxshiroq javob beradi

Yandex Uzbekistan sun’iy intellekt asosida yangilangan “Qidiruv” xizmatini taqdim etdi

Yandex Uzbekistan yangilangan Yandex Search xizmatini taqdim etdi. Endi xizmat o‘zbek tilida o‘qitilgan neyron tarmoqlardan foydalanadi.

Shu tufayli Yandex Search xizmat foydalanuvchi bergan o‘zbek tilidagi savollarga qisqa va mazmunli javoblar tayyorlab, ularni chat orqali taqdim etish hamda ma’lumotni aniqlash qobiliyatiga ega bo‘ldi.

Rus va ingliz tillaridagi kontentni o‘zbek tiliga tarjima qilayotganda esa milliy kontekstni ham hisobga oladi.

Yangi funksiya yandex.uz saytining bosh sahifasida bepul taqdim etilgan. Foydalanuvchi savoliga javob — qidiruv natijalarida veb-saytlar havolalaridan yuqorida paydo bo‘ladi. Bungacha neyron tarmoqlar so‘rovni tahlil qiladi va agar turli manbalar asosida qisqa va foydali javob berish mumkin bo‘lsa, shuni taqdim etadi.

Shuningdek, qidiruv satri ostidagi Yandex AI tanlovini bosish orqali siz har qanday holatda neyrosetlar tomonidan tuzilgan javobni olishingiz mumkin. Javob taqdim etilgandan so‘ng, savolni aniqlashtiruvchi qo‘shimcha savollarni berish imkoni ham mavjud.

Yangilangan Yandex Search tufayli o‘zbek tilida 11,6 mlndan ortiq matnlar foydalanish uchun ochiq. Ular orasida Wikipedia materiallari va IT mutaxassislari uchun xalqaro savol-javob platformasi bo‘lgan Stack Overflow ham bor.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
/
Biznes ovozi eshitildi: jarimalar pasayishi ishlab chiqaruvchilarga turtki beradi
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi