Yakkasaroydagi Xalq banki ofisi qayta auksionga qo‘yildi

Uch qavatli bino Kichik halqa yo'li avtomagistralida joylashgan va boshlang‘ich narxi 27,64 mlrd so‘m etib belgilangan

Yakkasaroydagi Xalq banki ofisi qayta auksionga qo‘yildi

Xalq banki Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi ofis binosini qayta auksionga qo‘ydi. Bu haqda E-auksion platformasida ma’lum qilindi.

Uch qavatli bino Kichik halqa yo’li avtomagistrali — Shota Rustaveli yo‘li va Janubiy vokzal yonida joylashgan. Obyekt maydoni 23 sotixni tashkil etib, 172-maktab ortida va tuman prokuraturasi yaqinida joylashgan.

Bino umumiy 2061 kvadrat metr, xo‘jalik maydoni esa 1644 kvadrat metrni tashkil etadi. Unda elektr ta’minoti, suv va kanalizatsiya mavjud, biroq gaz tarmog‘i ulanmagan.

Obyektning yangi boshlang‘ich narxi 27,64 mlrd so‘m etib belgilangan. Auksion 24-oktabr kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi, ishtirokchilar arizalari esa 9:00 gacha qabul qilinadi.

Lot Xalq banki boshqaruvining may oyidagi qarori asosida sotuvga qo‘yildi. Bank kim g‘olib bo‘lsa, u bilan shartnoma tuzilganidan so‘ng uch oy ichida binoni bo‘shatadi. Bank avvalroq 25 sentabrga belgilangan auksionni bekor qilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yilning uch oyida 108 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi
/
2026-yilning uch oyida 108 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi
Yuridik shaxslarga ekologik huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar kuchaytirildi
/
Yuridik shaxslarga ekologik huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar kuchaytirildi
Janubiy Koreya Eksimbanki Hyundai Rotem poyezdlari uchun mablag‘ ajratishi kutilmoqda
/
Janubiy Koreya Eksimbanki Hyundai Rotem poyezdlari uchun mablag‘ ajratishi kutilmoqda