O‘zbekistonda Xitoyning WeChat Pay tizimini mahalliy to‘lov tizimlari bilan bog‘lash rejalashtirilmoqda

Tomonlar kelgusi hamkorlik faoliyatlarini kelishib olishdi

O‘zbekistonda Xitoyning WeChat Pay tizimini mahalliy to‘lov tizimlari bilan bog‘lash rejalashtirilmoqda

23-aprel kuni O‘zbekiston Markaziy banki Xitoyning yirik texnologiya gigantlaridan biri bo‘lgan Tencent Holdings Ltd kompaniyasining sho‘ba korxonasi – Tencent Cloud International vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida raqamli texnologiyalar sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mamlakatda bulutli infratuzilmani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar WeChat Pay raqamli to‘lov tizimini mahalliy to‘lov tizimlari bilan integratsiyalash imkoniyatlariga, jumladan QR-kodlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratdilar.

Uchrashuv yakunida to‘lov tizimlari sohasidagi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi qo‘shma harakatlar to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Tomonlar hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi va birgalikdagi ishlar uchun keyingi qadamlarni belgilab oldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tesla ucha oladigan Roadster elektromobilining yangi avlodini taqdim etdi
/
Tesla ucha oladigan Roadster elektromobilining yangi avlodini taqdim etdi
Mirziyoyev Osiyoda energetika loyihalarini kengaytirishni taklif qildi
/
Mirziyoyev Osiyoda energetika loyihalarini kengaytirishni taklif qildi
O‘zbekistonda dollar kursi 12 000 so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 000 so‘mdan oshdi